Prefiksаtsiya. Reja Prefiksatsiya mohiyati. Prefikslarning semantik xususiyatlari. Prefikslar yordamida ot va fe’llarning yasalishi. Suffiksatsiya-prefiksatsiya so‘z yasash usuli. Qo‘shma so‘zlar tuzilishini qiyoshlash


Download 23.2 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1261895
  1   2

Prefiksаtsiya.
Reja
1. Prefiksatsiya mohiyati.
2. Prefikslarning semantik xususiyatlari.
3. Prefikslar yordamida ot va fe’llarning yasalishi.
4. Suffiksatsiya-prefiksatsiya so‘z yasash usuli.
5. Qo‘shma so‘zlar tuzilishini qiyoshlash.
6. Qo‘shma so‘zlar sistemasi umumiy tavsifi.

Prefiksatsiya

Prefiksatsiyada suffiksatsiyadek o‘zakka qo‘shish orqali emas, balki so‘z yasashda prefiks butun bir


so‘zga qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Prefikslar yordamida bir xil so‘z turkumiga taalluqli bo‘lgan yangi
so‘zlar yasaladi: otlardan otlar (ученик-соученик), fe’llardan fe’llar (готовить - приготовить) yasaladi va hokazo.
Agar suffiksatsiya ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan so‘zlarni yasashga xos bo‘lsa, prefiksatsiya ingliz
tilida ham, rus tilida ham fe’llarni yasashda mahsuldor vosita hisoblanadi. Pefiks yordamida yasalgan otlar va sifatlar soni juda kam.
Semantik belgisiga ko‘ra prefikslarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Inkor va qarama-qarshilik
ma’nolarini o‘zida mujassamlashtirgan prefikslar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan keyin son jihatdan zamon va makon munosabatlarini hamda ish-harakatning takrorlanishini ifodalovchi prefikslar turadi.
Har bir til o‘z prefikslаriga hamda boshqa tildan o‘zlashtirgan prefikslariga ega. Kirib kelgan
prefikslarning bir qismi (roman va grek tillariga tegishli bo‘lgan) baynalminal xarakterlidir. Shuning uchun
ular ham rus tilida, ham ingliz tilida o‘z aksini topgan. Bular quyidagi ot yasobchi prefikslarlardir: anti –
(anticyclone, антифашист), ultra – (ultramodern, ультрафиалетовый), a – (anomalous, аморальный), inter – (internationak, интерполяция) va hokazo.
Ingliz tilidagi ko‘pgina ot yasovchi prefikslar leksik jihatdan rus tilidagi prefikslarga mos keladi: in-, un-, не – (unpleasant - неприятный), pre- , до- (prehistoric - доисторический), sub-, под- (subdivision -
подразделение), past-, после- (postwar - послевоенный), counter-, противо- (counterbalance -
противовес).
Fe’l prefikslari sistemasi har bir tilda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ingliz tilida fe’l yasovchi mahsuldor prefikslarga quyidagilarni kiritish mumkin: de- (deform, detune), dis- (dislike, disapprove), un- (unfasten, unfold), mis – (mistrust, misjudge), re- (rewrite, re-elect), up- (uplift, uprise), under – (underline, underrate), over- (overcloud, overdo) va hokazo.
Prefikslar yordamida fe’l yasash nafaqat ingliz tilida mahsuldor bo‘lmay, u rus tilida ham mahsuldor hisoblanadi. Ammo rus tilining farqli tomoni shundan iboratki, pefikslar yordamida biror old qo‘shimcha
ishlatilmagan fe’ldan leksik ma’nosida qo‘shimcha ma’no ottenkasi paydo bo‘ladigan yangi fe’l (ko‘pincha
bir qator fe’llar) yasash mumkin. Masalan: рус. бежать – вбежать, взбежать, выбежать, добежать,
забежать, отбежать, перебежать, побежать, прибежать пробежать, сбежать, убежать.
Umuman olganda, rus tilida prefiksatsiya so‘z yasash vositasi singari suffiksatsiyadek ingliz tilidan shaklining turli-tumanligi va ko‘pligi bilan farq qiladi.


Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling