Lotin tilining qisqacha tarixi. - Britaniya va G’arbiy Germaniyada lotin tili o‘rnini german tillari, Norina va Pannoniya da slavyan tillari egalladi. Natijada lotin tili o‘zining ta'sir doirasini yo‘qotgan va hech kim so‘zlashmaganligi uchun olik tilga aylanib qolgan.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Lotin tili XV-XVI asrlargacha barcha katolik mamlakatlarda cherkov, fan, yuridik hujjatlar, tibbiyot tili; yuristlar, chinovniklar, ruhoniylarning jonli tili vazifasini ham bajardi.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - IX-XI asrlarda Markaziy Osiyoda yashgan Abu Ali ibn Sino, Axmad Farg’oniy, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy kabi mutaffakkir olimlarimiz ham lotin tilini o‘rganishgan, qadimgi yunon va rimlik olimlarning manbalarini o‘qib o‘z bilimlarini boyitishgan. O‘z ilmiy ishlarini olib borishgan.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - XVI-XVII asrlarda Yevropaning ilg’or davlatlaridagi olimlar tomonidan Abu Ali ibn Sino, Axmad Farg’oniy, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy kabi mutaffakkir olimlarimizning asarlari lotin tiliga tarjima qilingan va Yevropa maktablari va oliy maktablarida darslik sifatida qo’llanilgan.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - XVIII asrgacha diplomatiya tili sifatida qo‘llanib keldi. Hozir ham Vatikan davlatida rasmiy hujjatlar lotin tilida yuritiladi. Lotin tili tibbiyot, filologiya, qisman tabiiy fanlarda ilmiy terminologiya manbaidir.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Lotin tili alifbosi eramizdan oldingi VI-IV asrlarga taalluqli yozma yodgorliklarda uchraydi. Yunon alifbosidan fonetik va orfografik jihatdan qayta shakllangan, pardozlangan holda lotin alfabeti vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi II asrda lotin alfabetida 21 ta harf mavjud edi.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Eramizdan avvalgi I asrda yana 2 harf (Y, Z) qo‘shildi. O‘rta asrlarda lotin alifbosiga J, U, W harflari kirib keldi (qadimgi yunon va lotin yozma manbaalarida ushbu harflar, ayniqsa W uchramaydi).Eramizning VIII asriga kelib lotin alifbvosi Yevropaning ko‘pchilik tillarida qo‘llanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |