Loy va plastilindan


Download 35.59 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi35.59 Kb.
#1028755
  1   2
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim muassasalarda loy va plastilindan o`yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati


Mavzu: Maktabgacha ta`lim muassasalarda loy va plastilindan o`yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati
Reja:
1. Loy va plastilindan o‘yinchoq yasash — bolalar tasviriy faoliyatining bir turi
2. Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari
3. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari
4. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish
5. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning tarbiyaviy ahamiyati

KIRISH
O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol o'sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma'naviy tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan, shu maqsadda ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.


Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 6200 dan ziyod maktabgacha ta'lim muassasasida 577000 nafardan ortiq bola, shu jumladan, 60 dan ziyod nodavlat maktabgacha ta'lim maskanlarida 5000 nafarga yaqin o'g'il-qiz tarbiyalanyapti. Mazkur ta'lim muassasalarida yosh avlodga puxta bilim berish, ularda zarur ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga, kelajagimiz vorislarini boy tariximiz, qadriyat va an'analarimizga hurmat, milliy g'oyalarga sadoqat, ona-Vatanga muhabbat kabi ezgu g'oyalar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizning kelajagi va ertangi kuni bugun farzandlarimizning qanday tarbiya olayotganligiga bog’liq. Shu bois ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda.
“Bizning asosiy vazifamiz o’quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning butunlay yangi usullarni joriy etishdan iborat bo’lmog’i lozim”, - degan edi muhtaram yurtboshimiz.
O'z shaxsi va jamiyat bilan uyg'un yashaydigan, ma'nan yetuk, ya'ni keng bilimlarga, erkin tafakkurga, nozik didga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, o'z-o'ziga ham, jamiyatdagi kamchilik va yutuqlarga ham tanqidiy qaraydigan, ijodkor, izlanuvchan, jismonan va ruhiy sog'lom avlodni tarbiyalashni avvalo oiladan va maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash kerak.
“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap bor ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtatilib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoq ishlab chiqish masalasidir.
Bir qaraganda, bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan o’yinchoqlar orqali aniqlashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvuriga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari
O‘yinchoq – maxsus ravishda bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan predmet. Undan foydalanish bolalar ong-bilim doirasini kengaytirishga, unda aks ettirilgan narsa va borliq hodisalariga qiziqish uyg‘otishga, mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan birgalikdagi o‘yinlarda bolalarda do‘stona munosabatlar, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish malakasi tarkib toptiriladi.
Bir donishmand bolalarga olam, o‘z mamlakati haqida bilim berish zarurligi to‘g‘risida gapirib, shunday degan ekan: “Qiziqarli qilib, aql yugurtib va sodda til bilan yozilgan kitob bo‘lsa, bunga bemalol erishish mumkin, ammo qiziqarli o‘yinchoq bilan bunga yanada osonroq erishiladi”.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘yinchoqlar yasash katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur xususiyatlar ko‘rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo‘l mehnati ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. O‘yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go‘zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o‘rgatadi.
“...Tasviriy san’at sohasidagi ishlar oilasida,— degan edi haykaltarosh I.Y.Ginsburg,— o‘yinchoq yasash xuddi matematika fanlaridagi arifmetika kabi rol o‘ynaydi. U predmet to‘g’risidagi tasavvurning alifbosidir. U predmetni o‘qish, uni bayon etishning dastlabki shaklidir”.
Kattalar bolalarning yosh xususiyatlarini bilib, o‘rganib, shunga muvofiq ravishda o‘yinchoqlarni yaratish va tanlashi, ularni yasash yo‘llarini ham bolalarga o‘rgatishi lozim.
Kichik yoshdagi bolaning idroki ayniqsa o‘tkir bo‘ladi. Bolalikda his-hayajon bilan idrok etilgan narsalar butun umr bo‘yi esda qoladi. Go‘zal narsalarni idrok etish bolalarda estetik hissiyotni, san’at asarlariga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi. San’at asarlari muayyan axborot berishi sababli bolaning bilim doirasini kengaytiradi. Bunday asarlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi.
Bolalar bog’chasida loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash to‘g‘risida gapirilganda, tasviriy faoliyat, bu faoliyat jarayonida bolalar tevarak-atroflaridagi voqelikni aks ettirishi, loy yoki plastilindan foydalanib elementar o’yinchoqlar yaratishi nazarda tutiladi.
Bolaning hatto eng oddiy o’yinchoqni yasashi ham ijodiy jarayondir. Chunonchi, loyning sharsimon bir bo‘lagi ham jajji go‘dakda koptok, apelsin, olma, uchlari birlashguncha dumaloqlangan loy ustuncha esa halqa, teshikkulcha bo‘lib tuyuladi. Ish vaqtida bola loyni turli shaklga solib o‘ynar ekan, uning yumshoqligidan, hajmliligidan zavqlanadi, o‘zi yasagan shaklga qarab xursand bo‘ladi.
Shu bilan birga bola loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo‘llari aniq harakatlantirish ko‘zi bilan to‘g’ri mo‘ljal olishni o‘rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakllanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, loy va plastilindan turli o‘yinchoq1ar yasash bolalarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolishi mumkin.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko‘nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg‘otish vazifalari qo‘yiladi. Bolalar bog’chasidagi ta’lim tizimi bolalarni maktabga tayyorlash maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etiladi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish kabi estetik tarbiya tizimida muayyan o‘rin tutadi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi. Loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi har qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko‘rib idrok etadi. Predmetni idrok etish asosida bog’cha bolasining ongida obraz shakllanadi. U o‘yinchoqlar yasashda o‘zining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi yoki applikatsiyalar yasashdagi kabi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Chunki unga endi tasviriy faoliyatning boshqa turlarida zarur bo‘ladigan shartli ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash rasm chizish, applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo‘l bilan siypalab tabiiy sezishni ko‘proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. Qo‘llarning faol harakati esa shaklni aniqroq chiqarishga olib keladi. Shu tufayli bolalar tasvirlash usullarini tezroq o‘zlashtirib oladilar va kattalar ko‘rsatmasisiz mustaqil ishlay boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalar ijodkorligining tez rivojlanishiga olib keladi.
Tasvirlash usullarini bolalar tez o‘zlashtirishi ularga applikatsiya yoki rasm chizishga qaraganda ertaroq ikki-uch figuradan iborat syujetli o‘yinchoqlar yasash imkonini yaratadi. Chunonchi, rasmga yirik rejadagi predmet varaqning pastki qismida hamda kattaroq qilib tasvirlanadi. Loy yoki plastilindan yasalgan figuralar esa real mavjud fazoda taxtacha yoki loy supacha ustiga joylashtiriladi.
Faoliyatning barcha turlari bolani tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o‘rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevosita barmoqlar, yog‘och qalam bilan to‘g‘rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yohud shaklga halal berayotgan ortiqcha loylarni sidirib tashlash bilan xatolarni tuzatib borish imkoni bo‘ladi. Bunda bola shaklni bir necha marta qayta yasab ko‘rishi mumkin. Rasm yoki applikatsiyada bunday qilib bo‘lmaydi.
Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi. Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o’yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqat-e’tibor va qiziqishni rivojlantiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatning bir turi sifatida rasm chizish yoki applikatsiya tuzishga qaraganda bolalarni fazoda mo‘ljal olishga, qator matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga tezroq o‘rgatadi. Chunonchi, kichik guruhda bolalar to‘siq uchun ustunchalar yasashadi, bola ularni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yadi, qator qilib teradi, ulardan uycha atrofiga devor yasaydi, nechta ustuncha yasaganini sanab chiqadi va hokazo. Katta yoshli bog‘cha bolalari odam figurasini yasashda uning a’zolarini qayerga biriktirish to‘g‘risida o‘ylaydilar. Bunda ular figura qismlarini bir-biri bilan va butun figura bilan bevosita solishtirib, taqqoslab ko‘radilar, ularning katta-kichikligini, o‘lchamlarini (uzunligini, qalinligini) aniqlaydilar. Xolbuki, rasm chizilgan vaqtda bu ishlarni faqat ko‘z bilan chamalab amalga oshirish mumkin.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o‘yinlar bilan uzviy bog‘liqligidir. Bajarilgan figuraning hajmliligi bolalarni shu o‘yinchoq yordamida turli o‘yin harakatlariga rag‘batlantiradi. Kichkintoylar o‘zlari yasagan buyumlarni mashgulot jarayonidayoq darhol ishga solib turli o‘yinlarni boshlab yuboradilar. Bolalar yoshiga xos bu xususiyat anchagina mavzularni o‘yin bilan bog‘lab o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, bolalar loy va plastilindan idish-tovoqlar va o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun nozu ne’matlar, kosmodrom, hayvoyat bog‘i, xokkey va boshqa o‘yinlar uchun kichkina figuralar yasashlari mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil etish bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashga qiziqishini oshiradi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotga kirishish imkoniyatini kengaytiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatini mashg‘ulotda foydalaniladigan materiallar belgilaydi. Guash bilan bo‘yalgan (suyultirilgan) loy mufel pechida pishirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Bolalar yasagan o‘yinchoqlarni shu pechda pishirib olinsa, u xuddi humdonda pishgandek haqiqiy sopol o‘yinchoqqa aylanadi. Buning natijasida bolalar idish va boshqa sopol buyumlar yasash usullarini bilib oladilar, bu esa ularning tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda mehnat malakalari va yeng shimarib ishlash, ish o‘rnini ozoda va tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgohdan foydalanish odatlari hamda predmetni hamma tomoniga ishlov berish zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘ladi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ba’zan mashg‘ulotlarni tashkil etishga alohida yondashishni talab qiladi. Masalan, ishning hajmiga qarab bitta mavzuni bir mashg‘ulotda emas, balki 2-3 mashg‘ulotda tushuntirib berish mumkin. Loy va plastilindan biror predmet yasash va uni guash bilan bo‘yash uzoqroq - 30-35 daqiqa davom etadigan mashgulot o‘tkazishni talab qiladi. Yasalgan o‘yinchoqni namoyish qilish uchun o‘zi aylanadigan doirachadan iborat taglik yasash zarur. Bu taglik predmetni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin.
Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir. Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar.
Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogik usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.

Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling