Loy va plastilindan
Download 35.59 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaktabgacha ta`lim muassasalarda loy va plastilindan o`yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati
Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi. Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir. To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi. Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar. Bolalar e’tibori predmetning ba’zi jihatlariga jamlanadi va ularni analiz (butunni bo‘laklarga ajratish) va sintez (ayrim xususiyatlarni predmetning yaxlit qiyofasiga birlashtirish)ga qaratiladi. Mana shu ikki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi predmetni tasvirlashdan oldin uning qiyofasini o‘rganishda pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. Qo‘llarning predmet sirtidagi harakati bolalarning idrok etishlarini ta’minlaydi, ularning o‘sha predmetning shakli, xossalari haqidagi, keyinroq esa xossalar tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi. Predmet tasvirini hosil qilishga qaratilgan bu harakat predmetni kuzatish tarkibiga kiradi, uning yo‘nalishi bolaning keyinchalik predmetni tasvirlashdagi qo‘l harakatlariga o‘xshaydi. Bola loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishganida qanday harakatlar qilishi kerakligini to‘liq tasavvur etadi. Asta-sekin bolalarda predmetlarni kuzatishning umumlashgan usullari, demak, o‘sha predmetlarni tasvirlashning umumlashgan usullari ham shakllanib boradi. Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashdan oldin predmetni kuzatishga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Chunki predmet hajmli qilib yasaladi. Shuning uchun sensor harakatlar xarakteri predmetning massasini, xossalarini – zichligini, shaklini faol sezishni o‘z ichiga olmog‘i kerak. Bunda qo‘llarning predmet bo‘ylab harakati har doim o‘sha predmetning shakliga bog‘liq bo‘ladi: kub yoki sharni kuzatishda qo‘llar turlicha harakat qiladi. Kubni kuzatishda uning qirralari harakatni to‘xtatadi va uning yo‘nalishini o‘zgartiradi, sharni kuzatishda esa harakat uzluksiz davom etadi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish Bolalar ijodkorligini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosidir. Chunki voqeligimiz yoshlarda tevarak-atrofdagi narsalarga ijodiy munosabatni, faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishni taqozo etadi. Biz bolalarimizda aql-idrokni, o‘tkir zehnni, tashabbusni, tadbirkorlik va fantaziyani tarbiyalamog‘imiz kerak. Xo‘sh, ijodiy faoliyat nimalarni o‘z ichiga oladi, uni qanday ta’riflash mumkin? Ijodkorlik insonning tabiiy va ijtimoiy dunyoni voqelikning obyektiv qonunlari asosida inson maqsadi va ehtiyojlariga muvofiq o‘zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli - bu inson ongining faol mahsulidir. Ijodkorlik fan, texnika va san’atning turli sohalarida namoyon bo‘ladi. Hozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko‘rsata olishlarini isbotladi. Albatta, bolalar ijodkorligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi. Bog’cha bolasi ham san’atkor singari rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda o‘z tajribasiga asoslangan g’oyani ro‘yobga chiqarishga kirishadi. Bu g’oya mavzuning vujudga kelishini, uni ifodalash vositalarini qidirib topishni o‘z ichiga oladi. Bog‘cha bolalarining rasm chizishini yoki loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashini kuzatish ularning g‘oyalari yo kattalarining topshiriqlari munosabati bilan, yo bo‘lmasa qandaydir bir obrazning, materialning bevosita ta’siri bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Demak, kattalar ijodi singari bola ijodkorligining ham birinchi bosqichi atrofdagi voqelikni idrok qilish asosida g‘oyaning - mavzuning vujudga kelishidan iboratdir. Lekin badiiy vositalarni oldindan qidirib ko‘rish, o‘z ishlarini rejalashtirish, uni o‘ylab olish bola ijodi uchun xarakterli emas. Bola loy yoki plastilindan biror narsa yasash uchun mavzu tanlaganidan keyin o‘sha zahoti uni tasvirlashga kirishadi. U tasvirlash jarayonidagina o‘z ishining mazmuni to‘g‘risida fikr yuritadi, uni qanday bajarish, qanday vositalardan foydalanysh to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni san’atkor asosan oldindan o‘ylab qo‘yadigan barcha masalalarni bola ish jarayonida hal qiladi. San’atkor ijodining davri hamma ishni aniqlab olishga bog‘liq bo‘lib, g‘oya amalga oshgunicha davom etadi, bog‘cha yoshidagi bolada esa bu davr g’oyaning amalga oshishiga to‘gri keladi. Bolalar ijodkorligining o‘ziga xos ana shu xususiyati ularda analiz va sintez qobiliyati yetarli emasligi, ular o‘z ishlarini oldindan rejalashtira olmasligi bilan izohlanadi. G‘oyani amalga oshirish uchun tasavvurdagi barcha narsalar ichidan eng xarakterlilarini ajrata bilish, yaratiladigan obrazni xayolan tasavvur eta olish, tasviriy va texnik vositalarni tanlay bilish kerak. Bu ishlarning hammasi mukammal tafakkur jarayonlarini talab qiladi. Biroq, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va bolalar bog‘chalari tajribasi ko‘rsatadiki, bolalarni tasviriy san’at faoliyatiga o‘rgatish bo‘yicha doimiy ish olib borilsa, ularni o‘z ishini oldindan o‘ylashga odatlantirish mumkin. Bolada ijod kurtaklarini rivojlantirish vazifalari uning yoshiga xos anatomik-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning predmetlar sifati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurining to‘laligi uning analizatorlari qay darajada ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar 6-7 yashar bolalarda ko‘rish va sezish idroki yetarli darajada rivojlanishini ko‘rsatadi. Kattalarning tegishlicha yo‘lga solishi bilan kichkintoy predmetning barcha asosiy sifatlarini: shakli, mutanosibligi, rangi, tarkibiy qismlarini, shuningdek, fazodagi o‘rnini idrok eta oladi. Bolalar idrokining ko‘lamiga analizatorlarning rivojlanish darajasidan tashqari kuzatilayotgan obyektga qiziqish ham ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, bolalar 6-7 yoshga yetgach, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishi ortadi. Bu esa o‘z navbatida ancha uzoq kuzatish ishlari olib borish imkonini beradi. Bolaning xotirasi uning yoshi ulg‘aygan sari rivojlanib boradi. Lekin psixologik eksperimentlar bog‘cha bolalarining eslab qolish jarayoni asosan beixtiyor bo‘ladi. Ko‘rish obrazlari vujudga kelishiga faqat xotira emas, balki tafakkur jarayonlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu jarayonlarsiz voqelikni idrok etish ko‘rish obrazlariga aylanmaydi. Tafakkur jarayonlari rivojlanishi bilan bola predmetlarni ifodali va rejali tasvirlay oladigan bo‘ladi. Predmetni to‘laroq va yorqinroq aks ettirish uchun bola shakllangan ko‘rish obraziga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘z navbatida o‘sha predmet qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirinig tasavvur qila olishi kerak. Bolalarda tafakkur jarayonlarining rivojlanishi to‘g‘risida gap borganda, shuni unutmaslik kerakki, bola loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasayotganida uning uchun predmetni butun qismlari bilan to‘liq tasavvur qilish qiyin. Bu esa predmetlarni tasvirlashga konstruktiv yondashishga olib keladi. Odatda, hatto 7 yoshli bolalar yasagan haykallar ham ko‘pincha konstruktiv bo‘ladi. Hamma gap shundaki, yaxlit bo‘lakdan mustaqil holda predmetni yasash bola uchun qiyin, chunki bolalar predmetlarni tasvirlash jarayonida predmetni uning qismlarini analiz qilish, sanashdan ularni aniq bir obrazga soddagina qilib birlashtirishga o‘tadilar. Biroq, bolalarga izchillik o‘rgatib borilsa, ular yaxlit bo‘lakdan o‘yinchoq yasash, barqaror mutanosib, plastik figuralar yaratish vazifasini yaxshi bajaradilar. Bolalar ijodkorligida san’atkor ijodidagi singari tasavvur katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, uning kurtaklari bola bog’chaga kelmasidanoq nish ura boshlagan bo‘ladi. Ta’lim jarayonida, ertaklar eshitish, har xil rasmlarni ko‘rish tufayli bola o‘yinchoq yasashdan oldin o‘zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta-sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta’siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin. Bolalar uchun o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirish va tasvirlash hamda texnik usullarni tanlash imkoniyati yaratilsa, ularda o‘yinchoq yasash mashg‘ulotlarida ijodiy tasavvur elementlari namoyon bo‘ladi. Odatda bolaning ijodiy tasavvuri tasvirlangan qahramonlarning kiyimlariga yangi detallar o‘ylab topishda yoki savatcha, tayoqcha, belkurak singari predmetlarni qo‘shishda, turli kompozitsiyalarni hal qilishda ko‘rinadi. Tarbiyachi bog‘cha bolasiga mustaqil fikrlashni o‘rgatishda ixtiyoriy tasavvurni rivojlantirish imkoniyatlarini bilishi va bolaga rahbarlik qilib, uni rejali ijodiy ishga yo‘naltirishi kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarda tasavvurni shakllantirish jarayoni to‘g‘risida gapirar ekanmiz, uning bola ongida obrazlar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan emotsional tomonini aytmaslik mumkin emas. Bolalar o‘zlari ko‘rgan va eshitgan barcha narsalardan emosional ta’sirlanadilar. Ular o‘zlari idrok etgan narsalarga muayyan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘ladilar. Bunday emotsional ko‘tarinkilik bolalarning tasvirlash faoliyati natijasiga ham ta’sir qiladi. Ular o‘z hissiyotlari ta’sirida obraz yaratadilar, undagi ifodalilik xususiyatlari atrofdagi kishilar bolaning shu obrazga munosabatini, ba’zan tasvirlangan narsaning mazmunini bilib olishlarida yordam beradi. Bola yaratgan obraz yetarli muayyan ifodalilik belgilariga ega bo‘ladi. Bolalar o‘z hissiyotlari ta’sirida haykalni naqshlar bilan bezatadilar, ishlayotgan paytlarida hikoya qiladilar, qo‘shiq aytadilar, turli harakatlar qiladilar. Qahramonning ahamiyatini oshirish uchun mutanosiblikni o‘zgartiradilar, lekin bularning hammasi rassomlar foydalanadigan tasvirlash vositalarining elementlari, xolos. Bog‘cha yoshidagi bola rivojlanishining xususiyatlari va unda tasvirlash qobiliyatining rivojlanishi o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida bolalar ijodkorligini o‘stirishning umumiy vazifalarini belgilaydi. «Bolalar ijodkorligi» atamasi hozir katta guruhdagi bolalarga nisbatan qo‘llanadi; 2-5 yashar bolalarga loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida tegishlicha pedagogik rahbarlik qilib borilsa, ularda ham yaratilayotgan obrazning ifodaligini oshiradigan elementlarni qidirib topish istagi paydo bo‘ladi. Bu esa mazkur yoshdagi bolalar uchun ham ijodiy imkoniyatlarni rivojlantiradigan vazifalar doirasini belgilab olish imkonini beradi. Shunday qilib, bolalar ijodkorligini rivojlantirish vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga asoslanadi, har bir yosh guruhida bu vazifalar turlicha aniqlashtiriladi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashda bolalar ijodkorligini rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: faoliyatning mazkur turiga qiziqishni rivojlantirish; kichik guruhdan boshlab bolalarni predmetlarni kuzatishni o‘rgatish yo‘li bilan voqelikni idrok etish asosida, mustaqil izlash asosida predmetlar shaklini yaratishga o‘rgatib borish; ilgari yasalgan shakllardan foydalanishga va ularni mujassamlashga odatlantirish. Har bir yosh guruhidagi bolalarga iloji boricha loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash usullaridan va tasvirlash vositalaridan erkin foydalanishni o‘rgatib borish; bolalarni loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash uchun mavzularni mustaqil holda o‘ylab topishga asta-sekin o‘rgatib borish, buning uchun tevarak-atrofni kuzatish, badiiy adabiyotlarni tinglash, turli rasmlarni tomosha qilish, san’at asarlarini ko‘rish orqali idrok etilgan taassurotlardan foydalanish; bolalarni tarbiyachining ko‘rsatmalarini faol idrok etish o‘yinchoqlarning shakllarini, ularni yasash usul — tasvirlash vositalarini o‘ylab topishda tashabbus ko‘rsatishga o‘rgatish. Bolalar ijodkorligini shakllantirishda bolalarga beriladigan topshiriqlarni uch bosqichda murakkablashtirib borish lozim: Birinchi bosqichda bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo‘nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi: tarbiyachining (hikoya to‘qi, bir narsa o‘yla, qidirib top, o‘zgartir kabi) ko‘rsatmalari bo‘yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik elementlarini namoyon etadilar. Ikkinchi bosqichda bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da’vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o‘zlashtirgan ko‘nikmalarni mujassamlash va o‘zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi. Nihoyat, uchinchi bosqich — bolani turli faoliyatda fikrlash bo‘yicha mustaqil harakat qilishga, o‘z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rgatadigan topshiriqlardan iboratdir. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning tarbiyaviy ahamiyati Kattalarning mohirona rahbarligi bilan bolalarda faoliyatning har xil turlariga qiziqish ancha erta namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘chaning katta guruhidayoq qurilish materiallari bilan o‘ynashga yoki rasm chizishga ishqiboz bolalar uchraydi. Afsuski, loy va plastilindan o‘yinchoq yasaydigan yoki applikatsiya bilan shug‘ullanadigan bolalarni kamdan-kam ko‘rish mumkin. Aslida bu mashg‘ulotlar ham faoliyatning boshqa turlari kabi bolalarni o‘ziga jalb etishi mumkin. Hamma gap shundaki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari bolalarga o‘yinchoq yasash uchun ko‘pincha qoroz va qalam beradilar-u, loy va plastilinni ahyonda bir tavsiya etadilar. Ular yana shu mashg‘ulotni yetarli darajada baholamaydilar, vaholanki, bolalarning loy va plastilin bilan bemalol ishlashi ularning ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari ana shu faoliyat turiga moyil bolalar o‘z qiziqishlarini qondirishlari va o‘z fantaziyalarini ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Bu mashg‘ulotlarda tarbiyachi ish jarayoniga kamroq aralashadi, bolaga mavzuni, tasvirlash texnikasini, shuningdek, ifoda vositalarini tanlashning ko‘p masalalarini mustaqil hal qilish imkoni beriladi. Mustaqil faoliyat bolalarni tasvirlash usullaridan dadilroq foydalanishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, bolalar loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda xuddi rasm chizishdagi kabi materialdan bemalol foydalanishga odatlanadilar. Bolalarga loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashni o‘rta guruhda tavsiya etish ma’qul. Chunki bu guruhdagi bolalarda loy (plastilin)dan foydalanish bo‘yicha elementar ko‘nikmalar bo‘ladi va faoliyatning bu turiga qiziqish vujudga keladi. Bolalar bog‘chasida o‘yinchoq yasash uchun asosiy material loydir va bo‘yash vaqtlarda ham loydan foydalanishni tavsiya etish ma’qul. Bunda eng muhimi bolalar loy bilan ishlashning oddiy qoidalariga rioya qilishi: uni stollar ustiga, polga to‘kib-sochib, surtib tashlamasligidir. Katta guruhlarda har qanday materialni: loyni ham, plastilinni ham berish mumkin. Bu esa material tanlashda mustaqillikni vujudga keltiradi (kattaroq predmetlarni loydan, kichikroq predmetlarni plastilindan yasash ma’qul). Plastilin bilan ishlayotgan paytda bolalar hajmni yaratish vazifasinigina emas, balki o‘yinchoqqa rang tanlash bilan bogliq masalalarni ham mustaqil holda hal qiladilar. Ijodiy tarzda o‘yinchoq yasash turlicha xarakter kasb etadi. U bitta predmetning, haykallar guruhining, idishlarning, dekorativ plastinkalar yoki marjonlarning tasviri bo‘lishi mumkin. Bolalar o‘yinchoqni individual tarzda va guruhlarga birlashib yasashlari mumkin, bunda gap bolalarning xohishida va tarbiyachining umumiy rahbarligidadir. O‘yinchoq yasash taklifi boladan yoki tarbiyachidan chiqishi mumkin. Bu ishni yaxshi ko‘rib qolgan kichkintoylar materiallarni o‘zlari oladilar va ish boshlab yuboradilar. Lekin tarbiyachi bu ishga o‘yinchoqlarni yaxshi yasay olmaydigan, yasashni unchalik yaxshi ko‘rmaydigan boshqa bolalarni ham jalb etishi mumkin. U bolalarni qiziqtirish uchun o‘zi ham o‘yinchoq yasash jarayoniga qo‘shiladi. Ba’zi bolalarga muayyan mavzuni taklif qiladi. Masalan, bolalar birgalikda shug‘ullanayotgan vaqtlarida biror ertakning epizodini yoki magazin o‘yini uchun sabzavot va ho‘l mevalar yasaydilar. Bunday o‘yinlar bolalarni birlashtiradi va o‘yinchoq yasashni hali yaxshi uddalay olmayotgan bolalar o‘rtoqlari qanday ishlayotganini kuzatib, ulardan o‘yinchoq yasash usullarini o‘rganadilar, o‘z ishlarini boshqalarnikiga solishtirib ko‘radilar, ular bilan maslahatlashadilar va asta-sekin mazkur faoliyatga qiziqa boshlaydilar. Bolalar uchun yozda katta imkoniyatlar tug‘iladi, ular maydonchada o‘yinchoq yasash bilan mustaqil holda shug‘ullanadilar, har xil predmetlarni: hayvonlarni, uy hayvonlarini, hasharotlarni, idishlar va turli mazmundagi o’yinchoqlarni tasvirlaydilar. Bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoq yasashi — asosan tasavvur va fikrlash bo‘yicha yasashdan iborat bo‘lib, o‘z qimmatiga ega. Chunki bolalar bunda mustaqil holda mavzu topadilar, ishni rejalashtiradilar, tasvirlashning tanish usullaridan foydalanadilar, o‘zlari yangi usullarni o‘ylab chiqaradilar. Bolalar tasavvuri bo‘yicha o‘yinchoq yasash doimo predmet, uning shakli, mutanosibligi haqidagi bilimlarga asoslanadi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalar o‘z ijodiy imkoniyatlarini ochadilar va predmetni tasvirlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Tez-tez o‘yinchoq yasashga odatlangan bolalar mavzuni darrov o‘ylab topadilar — ba’zan ularda ishga kirishmaslaridan oldin (masalan, sayrda ko‘rganlari ta’siri bilan) biror g‘oya vujudga keladi. Ayrim hollarda bola uni shu zahoti tarbiyachiga aytadi va kattalarning ishi - bolaning istagiga e’tibor bilan qarash va kechqurun unga shu istagini eslatib qo‘yishdir. Shunday qilib, tarbiyachilar bolalarning o‘yinchoq yasashga qiziqishini qo‘llab-quvvatlab, ularda faoliyatning ana shu turi bilan shug‘ullanish istagini kuchaytiradilar. Bolalar asosan ochiq havoda bo‘ladigan bahorning oxirgi oylari va yoz paytida katta guruhlardagi bolalar uchun uchastkada kulolchilik ustaxonasi tashkil etish va unda bolalar o‘yin vaziyatida qo‘g‘irchoqlar uchun idish-tovoqlar, munchoqlar, dekorativ plastinalar yasashlari mumkin. Bunda bolalar yasaydigan o‘yinchoqlar ijodiy xarakterga ega bo‘lishi muhimdir. Bola to‘g‘nag‘ich yoki dekorativ plastina yasashga harakat qilayotganini ko‘rgan tarbiyachi unga o‘z g’oyasini avval qog‘ozda amalga oshirishni - tasavvurdagi plastinaning rasmini (eskizini) chizib olishni tavsiya etadi. Eskizda o‘yinchoqning o‘lchamlari va mazmuni hal qilinadi, ya’ni yasaladigan buyum batamom o‘ylab olinadi. Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash ishini to‘g‘ri tashkil qilish va tarbiyachining unga e’tiborli munosabatda bo‘lishi natijasida bolalar predmetlarni zo‘r qiziqish bilan yasaydilar va predmetlardan o‘yinlarda yoki xonalarni bezashda foydalanish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. – T.: “O'zbekiston”, 2008. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: “O'zbekiston”, 1999. Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori - T.: “O'zbekiston”, 1997. SH.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” Toshkent.: “O`zbekiston”-2016 SH.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, Qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” Toshkent.: “O`zbekiston”-2017 SH.M.Mirziyoyev. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” Toshkent.: “O`zbekiston”-2017 Azimov B. Natyurtmort tuzish va tasvirlash mеtodikasi.- T., “O`qituvchi”, 1994. Apuxtin O.K. Tasviriy san'at darslari va samaradorligini oshirish omillari”, T., 1990. Mirdjalilova S.S. va b. ”Bolajon” tayanch dasturi.- T., 2010. – 214b. Oripov B.O. «Tasviriy san'at darslari va samaradorligini oshirish omillari» Toshkеnt 1997. Qodirxo’jaеv F. Maktabda badiiy bеzak ishlari.- T., “O`qituvchi”, 1991. Sakulina N.P., Kamarova T.S. Bolalar bog`chasida tasviriy faoliyat.- T., ”O`qituvchi”, 1996. Safo Ochil. Mustaqilik ma'naviyati va tarbiya asoslari.- T.: “O'zbekiston”, 1995. Sodirov N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.- T.: “Fan”, 1981. Umarov E. va b. Estetika asoslari. – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.- 208 b. Download 35.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling