LOYIHA GURUHI MOTIVATSIYASI
Jamoaning mafkurasi g’oyalar va nuqtai nazarlar majmuida tashkil topgan bo’lib,
mehnat vazifasining yakuniy maqsadlarini aks ettiradi.
Jamoaning psixologiyasi jamoa a’zolarining o’zaro ta’siri, ehtiyojlarini o’zaro qondirish
yo’llari asosida shakllanadigan va rivojlanish jarayonida namoyon bo’lgan
ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar majmuasida ifodalanadi. Ish jarayonida ishtirokchilar umumiy
faoliyatni rejalashtirish, axborot almashinuvini tashkil etish, o’zaro tushunish o’rnatish,
birgalikdagi harakatlarning shakllarini ishlab chiqishlari kerak. Bu ma’naviy va
psixologik
muhitni shakllantirish,
birgalikdagi tajriba,
jamoatchilik fikrini
shakllantirish, shuningdek yetakchilik
masalalarini hal qilish,
guruh ichidagi
mojarolarning mohiyatini tushunish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Har bir insonning
shaxsiy fazilatlari katta ahamiyatga ega, bu shaxsning shaxsiy psixologik fazilatlarida
namoyon bo’ladi, bu ijtimoiy-psixologik fazilatlar bilan birga, tashkilotdagi insonning
xatti-harakatini belgilaydi.