Loyiha guruhini tashkil etish va boshqarish
LOYIHA GURUHI ISHTIROKCHILARI
Download 5.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Loyiha guruhini tashkil etish va boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- LOYIHA GURUHI MOTIVATSIYASI LOYIHA GURUHI MOTIVATSIYASI
LOYIHA GURUHI ISHTIROKCHILARI
Motivatsiya - bu shaxsni yoki guruhni tashkilotning maqsadlariga erishish uchun o’z sa’y- harakatlarini kuchaytirishga undashdir. Zamonaviy g’oyalar nazariyalari psixologik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Ular odamlar ehtiyojlari ro’yxati va tuzilishini aniqlashga qaratilgan. Ehtiyojlar - bu harakatga ta’sir ko’rsatishga olib keladigan biror narsaning etishmasligi. Ehtiyojlarni asosiy (boshlang’ich) va ikkilamchiga ajratish mumkin. Asosiy ehtiyojlar gen darajasida belgilanadi va fiziologik xarakterga ega. Ikkilamchi ehtiyojlar hayot tajribasi bilan birga paydo bo’ladi. Ehtiyojlarini mukofotlar bilan qondirish mumkin. Mukofot - bu kishi o’zi uchun qimmatli deb hisoblaydigan barcha narsalardir. Shu bilan birga, insonning o’ziga xosligini, uning qiymat tu’grisidagi shaxsiy tushunchasini hisobga olish kerak. Tashqi va ichki mukofotlar mavjud. Tashqi mukofot tashkilot tomonidan beriladi (ish haqi va boshqa to’lovlar, pulli ovqat, shaxsiy tibbiy sug’urta, ijtimoiy nafaqalar, past foizli kreditlar, xizmat bu’yicha siljishlar va boshqalar). Ichki mukofot to’g’ridan-to’g’ri ishning o’zi (maqsadga erishishda muvaffaqiyat qozonish, o’z-o’zini qadrlash hissi) bilan beriladi. LOYIHA GURUHI MOTIVATSIYASI LOYIHA GURUHI MOTIVATSIYASI xodimning xatti-harakatiga eng ko’p ta’sir etadigan motivatsion omillar majmuini yaratish; jamoada ijobiy iqlim; kuchlarni to’liq ro’yobga chiqarish, ijodiy salohiyatni oshkor etish, har birining professional o’sish imkoniyati; ishdagi maqsadlarni aniq belgilash; muvaffaqiyatni aniqlashning aniq mezonlari; ishning umumiy natijalariga samarali mehnatga haq to’lash; xodimlarning kasbiy mahoratiga, faoliyatining natijalariga, vakolatiga, ish tajribasiga qarab, yollash va ishga joylashish uchun bir xil imkoniyatlar; Jamoaning o’ziga xos xususiyatlariga va faoliyat sohasiga nisbatan motivatorlik tizimini rivojlantirish boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy zaxiralaridan biridir. Loyiha jamoasi motivatsiyasi uchun ijobiy yondashuv quyidagilardir: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling