Loyiha ishi. Mavzu: laptop


Download 24.65 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi24.65 Kb.
#1819073
1   2   3
Bog'liq
Lap top loyiha ishi

*Eslatma!!!


iOS Development uchun sizga Mac mini, Macbook Air/Pro yoki Mac kerak bo’ladi.
Mobile Developmentga 16 GB operativ xotirani tavsiya qilgan edim. Lekin O’zbekiston bozorlarida 16 GB operativ xotira so’rasangiz sizga asossiz ravishda narxi oshirilgan oddiy laptop yoki Gaming laptop ko’rsatishadi. 16 GB RAM bu qandaydir hashamat belgisi emas! Shuning uchun maslahatim AQSh va Xitoy bozorlaridan tovar olib keltirishni o’rganing. Xitoyda JD Store, TaoBao degan platformalar mavjud. Faqat AliExpressdan olib keltirib o’tirmang. Bojxonada mahsulotlar narxiga cheklovlar mavjud.

4) Game Development


  • CPU: Intel Core i5 yoki AMD Ryzen 5

Intel Core i7 yoki AMD Ryzen 7 olishni tavsiya qilaman

  • RAM: minimum 8 GB, eng maqbuli 16 GB

16 GB RAM olishni qattiq tavsiya qilaman. Game Development uchun maxsus IDE lar mavjud. Bu IDE lar qolgan IDE lardan ko’p funksionalliligi bilan farq qiladi. Masalan, Game Developmentda «asset» tushunchasi bor. Ana shu assetlarni xoh u 3D model bo’lsin, xoh 2D chizma bo’lsin yasash uchun alohida dasturlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu esa laptopdan juda ko’p resurs talab qiladi.

  • GPU: dedicated GPU (dGPU, diskret videokarta ham deyiladi). Nvidia MX seriya, Nvidia GTX seriya, Nvidia RTX seriya, AMD Radeon va RX seriya videokartalari kerak bo’ladi.

Endi, keling videokartalar haqida gaplashamiz. Nvidia MX seriya bu odatiy laptoplarga qo’yiladigan, nisbatan kuchsiz bo’lgan videokartalar hisoblanadi. Lekin, bu degani ular umuman hech narsa qila olmaydi degani emas. GTX seriyadagi videokartalar qila oladigan ishni MX videokartalar ham qiladi. Faqat sekinroq amalga oshiradi. Malikadagi sotuvchilarning yana bir odatiga hayron qolaman. Haridorga tushuntira olmaydigan narsasini darrov «igravoy» deb qo’ya qoladi. Bunga haridorlarning o’zi ham aybdor. Maqsadi aniq emas. «Nima uchun ishlatasiz?» deb so’ralsa, «Ofisga, faqat dokument ochaman, ba’zida o’ynab ham turaman» deydi. Hozir bir biriga umuman qarama qarshi ikki narsani aytganidan sotuvchi shartta unga o’sha «igravoy» laptopni tavsiya qiladi. Bir narsani tushuning, agar maqsadingiz aniq bo’lmasa, tezda eng kuchlisiga yopishmang. Ishoning, hamma vaziyat uchun universal laptop oldim, bir o’q bilan bir nechta quyonni o’ldirdim, tizimni aldadim deb o’ylaysizu, tizim sizni allaqachon aldab pulingizni olib qo’ygan bo’ladi. Odatda, MX seriyadagi videokartalar odatiy laptoplarga qo’yiladi. Ular nisbatan ingichka va yengil bo’ladi. Gaming laptoplarga Nvidia GTX va RTX seriyadagi laptoplar qo’yiladi. Agar maqsadingiz aniq bo’lmasa, MX videokartalik laptoplardan tanlayvering. O’sha o’yingizni u ham ko’taradi.

XULOSA


Xullasi kalom, laptop tanlash ham biroz e’tibor talab etadi. Unga ham vaqt ajratib, internetdan laptop turlari, modellari, xarakteristikalarini ko’rish mumkin. Bir qarorga kelganingizdan so’ng YouTubeda o’sha modelning video sharhi, boshqa modellar bilan solishtirilgan videolarini ko’rib chiqib, ana undan so’ngina bozorga borib olsangiz nur ustiga a’lo nur. Yana bir bor eslataman, siz bo’lajak dasturchisiz. Siz ana shu hardwarega kod yozasiz. Sizni bozordagi sotuvchi aldab qo’yishiga yo’l qo’ymasligingiz kerak. Buning uchun siz undan ko’p ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak.
Download 24.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling