Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi o‘z nomi yozilgan blanka 
va  yumaloq  muhrga,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  hisob-kitob 
varaqlari,  valyuta  hisobvaraqlariga  hamda  boshqa  bank  hisobvaraqlariga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish tartibi 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi 
Qonunning  7-moddasiga  ko‘ra,  muvaqqat  hakamlik  sudi  hakamlik  bitimi 
taraflari  o‘rtasida  kelib  chiqqan  muayyan  nizoni  hal  etish  uchun  ular 
tomonidan  tashkil  etilib,  nizo  ko‘rib  chiqilganidan  keyin  muvaqqat 
hakamlik  sudi  o‘z  faoliyatini  tugatadi.  Hakamlik  sudida  raislik  qiluvchi 
(nizo  hay’atda  ko‘rib  chiqilayotganda)  yoxud  hakamlik  sudyasi  (nizo 
yakka  tartibda  ko‘rib  chiqilayotganda)  hakamlik  bitimi  nusxasini  va 
muvaqqat  hakamlik  sudi  tashkil  etilganligi  to‘g‘risidagi  xabarnomani 
mazkur  sud  joylashgan  erdagi  adliya  organiga  hakamlik  muhokamasi 
boshlanguniga qadar yuboradi. 
Muvaqqat  hakamlik  sudini  tashkil  etish  tartibi  hakamlik  bitimi 
taraflari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. 
Mavaqqat  hakamlik  sudi  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  doimiy 
faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlaridan ajralib turadi.  
Masalan, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish bo‘yicha vakoltali sudga ariza 
berilganida  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  nusxasi  mazkur 
hakamlik  sudining  raisi  tomonidan  tasdiqlanadi,  muvaqqat  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining 
nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.  
 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling