Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 30 oktyabrdagi 235-son qarori bilan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hakamlik sudi maqomini va uning vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi, Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari kitobiga hakamlik sudi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi, Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga hakamlik sudi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqilmaydi, uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish uchun to‘lovlar undirilmaydi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs uning hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida hakamlik sudining joylashgan joyi bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha adliya organiga ariza yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qabul qilingan qarori nusxasi; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi; hakamlik sudyalari ro‘yxati; hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling