Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
shaxs  o‘n  ish  kuni  mobaynida  adliya  organiga  tegishli  hujjatlarni  taqdim 
etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 
uch  ish  kuni  mobaynida  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari 
reestriga tegishli yozuvni kiritadi. 
Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat 
hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) 
yoxud  hakamlik  sudyasi  (nizo  yakka  ko‘rib  chiqilayotganda)  hakamlik 
muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya 
organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma 
yuboradi.  
Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
hakamlik bitimi nusxasi; 
hakamlik sudyalari ro‘yxati (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda); 
hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari; 
hakamlik  sudyalari  diplomlarining  (oliy 
yuridik 
ma’lumoti 
bo‘lganda)  notarius  tomonidan  tasdiqlangan  nusxalari.  Hisobga  olish 
uchun  kamida  bitta  hakamlik  sudyasining  oliy  yuridik  ma’lumoti  bo‘lishi 
kerak; 
hakamlik  sudyalari  mehnat  daftarchalarining  (mavjud  bo‘lganda) 
notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. 
Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda 
hakamlik  sudyalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslarning  "Hakamlik  sudlari 
to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  14-moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. 
Hakamlik  sudyalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslar  ko‘rsatib  o‘tilgan 
talablarga  muvofiq  bo‘lgan  taqdirda  adliya  organi  muvaqqat  hakamlik 
sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga 
olish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  ushbu  Nizom  4-ilovasiga  muvofiq  shakl 
bo‘yicha Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga kiritiladi. 
Taqdim  qilingan  hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  va  muvaqqat  hakamlik 
sudini  hisobga  olish  besh  kundan  oshmaydigan  muddatda  amalga 
oshiriladi. 
Muvaqqat  hakamlik  sudini  hisobga  olish  to‘g‘risida  tegishli  adliya 
organi Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan 
boshlab  uch  ish  kuni  mobaynida  arizachiga  va  hakamlik  bitimi 
tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi.  
Hakamlik  sudyalari  belgilangan  talablarga  muvofiq  bo‘lmagan  yoki 
zarur  darajada  rasmiylashtirilmagan  yoxud  to‘liq  bo‘lmagan  hujjatlar 
taqdim  qilingan  taqdirda  adliya  organi  aniqlangan  kamchiliklarni  va 


 
 
22 
 
 
22 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling