Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176
Hakamlik sudlari 
tomonidan hal 
etiladigan nizolar 
Fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan kelib 
chiqadigan nizolar 
Tadbirkorlik subyektlari 
o’rtasida vujudga keladigan 
xo’jalik nizolari 


 
 
27 
 
 
27 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
  Farzandlikka olish; 
  Qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash bilan bog‘liq 
nizolar; 
Shuningdek,  mehnat  nizolari  hakamlik  sudlari  tomonidan  hal  etilishi 
mumkin  emas.  Mehnat  nizolari  mehnat  nizolari  komissiyalari  yoki  sud 
tomonidan ko‘rib hal etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 
269-moddasiga 
asosan 
quyidagi 
mehnat 
huquqiy 
munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizolar  bevosita  tuman  (shahar) 
sudlarida ko‘rilishi lozim: 
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan 
bo‘lsa; 
2)  ular  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslaridan  qat’i  nazar, 
ishga  tiklash  to‘g‘risida,  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  vaqti  va 
asoslari  ta’rifini  o‘zgartirish  to‘g‘risida,  majburiy  progul  yoki  kam  haq 
to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa; 
3)  ular  xodim  tomonidan  ish  beruvchiga  etkazilgan  zararning 
to‘lanishi haqida bo‘lsa; 
4)  ular  mehnat  vazifalarini  bajarayotganda  xodimning  sog‘lig‘iga 
shikast  etkazilgani  oqibatidagi  zararni  (shu  jumladan  ma’naviy  zararni) 
yoki  uning  mol-mulkiga  etkazilgan  zararni  ish  beruvchi  tomonidan 
to‘lanishi haqida bo‘lsa; 
5)  ular  ushbu  Kodeks  78-moddasining  ikkinchi  qismida  nazarda 
tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa; 
6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning 
boshqa  vakillik  organi  bilan  oldindan  kelishib  hal  etilgan  masalalar 
yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa. 
Qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  nizolar  deganda,  qonun  bilan 
boshqa  organlar  vakolatiga  kiritilgan  nizolar  tushuniladi.  Fuqarolik 
protsessual kodeksi, Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan belgilangan nizolar 
bo‘lishi mumkin. Jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksi 279-moddasiga 
asosan  alohida  tartibda  yuritiladigan  quyidagi  nizolar  bevosita  fuqarolik 
sudlariga taaalluqlidir: 
1)  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  aniqlash  to‘g‘risidagi 
ishlar;  
2) bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar;  
3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni o‘lgan deb e’lon 
qilish to‘g‘risidagi ishlar;  
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz 
deb topish to‘g‘risidagi ishlar;  


 
 
28 
 
 
28 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling