Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar; 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar; 7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar; 8) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish). Xo‘jalik protsessual kodeksi 23-moddasiga asosan bevosita xo‘jalik sudlari vakolatiga taalluqli ishlar quyidagilar: 1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar; 2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar; 3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar. 4) ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno. Xo‘jalik sudiga shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, taalluqlidir. Qonun bilan xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Xo‘jalik sudi o‘ziga taalluqli ishlarni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari, shuningdek chet el tashkilotlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari xo‘jalik sudiga, boshqalari esa umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli bo‘lgan bir necha talab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling