Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
birlashtirilgan  taqdirda,  hamma  talablar  umumiy  yurisdiksiya  sudida 
ko‘rilishi kerak. 
Shuningdek, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xo‘jalik 
protsessual 
kodeksining  24  moddasiga  asosan  xo‘jalik  sudi  tomonidan  quyidagi 
nizolar hal etiladi: 
1)  tuzilishi  qonunda  nazarda  tutilgan  shartnoma  yuzasidan  chiqqan 
kelishmovchiliklar  yoki  shartnoma  yuzasidan  chiqqan  bo‘lib,  hal  etish 
uchun xo‘jalik sudiga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar; 
2)  shartnoma  shartlarini  o‘zgartirish  yoki  shartnomani  bekor  qilish 
haqidagi nizolar; 
3) mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolar; 
4) 
majburiyatlar 
bajarilmaganligi 
yoki 
tegishli 
darajada 
bajarilmaganligi to‘g‘risidagi nizolar; 
5)  mulkdor  yoki  mulkning  boshqa  qonuniy  egasi  tomonidan  mol-
mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi 
nizolar; 
6)  mulkdorning  yoki  mol-mulkning  boshqa  qonuniy  egasining 
huquqlari  egalik  qilishdan  mahrum  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 
buzilganligi to‘g‘risidagi nizolar; 
7) etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar; 
8)  sha’n,  qadr-qimmat  va  ishchanlik  obro‘sini  himoya  qilish 
to‘g‘risidagi nizolar; 
9)  davlat  organlari  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  bo‘lmagan,  tashkilotlar  va  fuqarolarning 
huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  buzadigan 
hujjatlarini  (butunlay  yoki  qisman)  haqiqiy  emas  deb  topish  to‘g‘risidagi 
nizolar; 
10)  undirish  so‘zsiz  (akseptsiz)  tartibda  amalga  oshiriladigan  ijro 
hujjatini  yoki  boshqa  hujjatni  ijro  etilishi  mumkin  emas  deb  topish 
to‘g‘risidagi nizolar; 
11)  davlat  ro‘yxatiga  olishni  rad  etganlik  yoki  belgilangan  muddatda 
davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; 
12)  agar  qonunda  so‘zsiz  (akseptsiz)  tartibda  jarima  undirilishi 
nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan 
tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi nizolar; 
13)  nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan  qonun  hujjatlarining 
talablarini  buzgan  holda  so‘zsiz  (akseptsiz)  tartibda  hisobdan  chiqarilgan 
pul mablag‘larini byudjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar. 
 


 
 
30 
 
 
30 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling