Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 
2. Hakamlik muhokamasi taraflari 
 
Hakamlik  muhokamasi  deganda  nizoni  hakamlik  sudida  hal  etish 
jarayoni tushuniladi. 
Hakamlik  muhokamasi  taraflari    deganda  o‘z  huquq  va 
manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  hakamlik  sudiga  da’vo  taqdim  etgan 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  (da’vogarlar),  shuningdek  o‘ziga  nisbatan 
da’vo taqdim etilgan shaxslar (javobgarlar) tushuniladi. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  hakamlik  bitimi  taraflari 
bo‘lishi mumkin emas. 
 
 
3. Nizolar  hal  etilayotganda  va  hal  qiluv  qarorlari  qabul 
qilinayotganda hakamlik sudi tomonidan qo‘llaniladigan normalar  
 
O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
10-moddasiga asosan hakamlik sudlari nizolarni O‘zbekiston Respublikasi 
qonun  hujjatlariga  asosan  hal  qilishi  belgilangan.  Hakamlik  sudlarining 
fuqarolik  huquqiy  munosabatlardan,  shuningdek  tadbirkorlik  subektlari 
o‘rtasida  vujudga  keladigan  xo‘jalik  nizolarini  hal  qilish  vakolatiga  ega 
ekanligidan  kelib  chiqqan  holda,  ushbu  sohani  tartibga  soluvchi  qonun 
hujjatlarini  qo‘llagan  holda  nizoni  hal  qilishi  to‘g‘risida  xulosaga 
kelishimiz mumkin. 
Bundan  tashqari,  nizolarni  hal  etishda  shartnoma  shartlari  va  ish 
muomalasi  odatlari  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Shartnoma  shartlari 
Fuqarolik kodeksining 359-moddasiga asosan tegishli turdagi shartnomalar 
uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlardan, agar namunaviy shartlarga 
havola  qilinmagan  hollarda  bunday  namunaviy  shartlar  taraflarning 
munosabatlariga  ish  muomalasi  odatlari  sifatida  qo‘llanilishi  mumkin. 
Shuningdek,  hakamlik  sudi  shartnoma  shartlari  mazmunini    Fuqarolik 
kodeksining 363-moddasi talablariga  rioya qilgan holda aniqlaydi: 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
31 
 
 
31 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling