Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
hakamlik  sudyalari  diplomlarining  (oliy 
yuridik 
ma’lumoti 
bo‘lganda)  notarius  tomonidan  tasdiqlangan  nusxalari.  Hakamlik  sudlari 
hisobini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  uchun  kamida  bitta  hakamlik  sudyasining 
oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak; 
hakamlik  sudyalari  mehnat  daftarchalarining  (mavjud  bo‘lganda) 
notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tashkil  etgan  yuridik 
shaxs  taqdim  qilingan  hujjatlarning  ishonchliligi  va  qonun  hujjatlariga 
muvofiqligi uchun javob beradi.  
Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda 
hakamlik  sudyalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslarning  "Hakamlik  sudlari 
to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  14-moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. 
Hakamlik  sudyalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslar  ko‘rsatib  o‘tilgan 
talablarga  muvofiq  bo‘lgan  taqdirda  adliya  organi  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  hisobini  ro‘yxatdan  o‘tkazishni  amalga 
oshiradi.  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  hisobini  ro‘yxatdan 
o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 
shakl  bo‘yicha  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  reestriga 
kiritiladi. 
Taqdim  qilingan  hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  va  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘n besh kundan 
oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  hisobini  ro‘yxatdan 
o‘tkazishni  amalga  oshirish  to‘g‘risida  tegishli  adliya  organi  Doimiy 
faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  reestriga  ma’lumotlar  kiritilgan 
kundan  boshlab  uch  ish  kuni  mobaynida  arizachiga  hakamlik  sudi  hisobi 
ro‘yxatdan  o‘tkazilganligi  to‘g‘risida  guvohnoma  beradi.  Hakamlik  sudi 
hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Hakamlik  sudyalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  shaxslar  belgilangan 
talablarga  muvofiq  bo‘lmagan  yoki  arizachi  tomonidan  zarur  darajada 
rasmiylashtirilmagan  yoxud  to‘liq  bo‘lmagan  hujjatlar  taqdim  qilingan 
taqdirda  adliya  organi  aniqlangan  kamchiliklarni  va  arizachi  tegishli 
hujjatlarni  taqdim  qilishi  mumkin  bo‘lgan  muddatni  ko‘rsatgan  holda 
arizachiga xabarnoma yuboradi. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  faoliyati  tugatilgan, 
shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish 
tartibiga  o‘zgartirishlar  yoki  qo‘shimchalar  kiritilgan  taqdirda  yuridik 


 
 
21 
 
 
21 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling