Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
olmasalar,  nizo  hal  qilish  uchun  vakolatli  sudga  topshiriladi.  Bunda 
hakamlik bitimining amal qilishi tugatiladi. 
“Hakamlik  sudlari  to‘g‘risidagi”  Qonunning  15-moddasiga  binoan 
taraflar  muvaqqat  hakamlik  sudini  shakllantirish  tartib-taomilini  o‘zaro 
kelishib  oladilar.  Biroq,  agar  taraflar  muvaqqat  hakamlik  sudini 
shakllantirishning  tartibini  o‘zlari  o‘rnatishga  qaror  qilsalar,  unda 
hakamlik 
bitimida 
taraflar 
muvaqqat 
hakamlik 
sudi 
tarkibini 
shakllantirishning  shunday  tartibini  kelishishlari  lozimki,  u  nizoni 
mazmuniga ko‘ra aynan hakamlik sudida hal qilishga imkon bersin, chunki 
bu  tartibdagi  har  qanday  xato  hakamlik  bitimining  bekor  qilinishiga  olib 
keladi. 
Agarda  muvaqqat  hakamlik  sudi  taraflari  sudyani  (sudyalarni)  tanlay 
olmasalar  yoki  tanlangan  sudyalar  raislik  qiluvchi  sudyani  tanlay 
olmasalar,  nizo  vakolatli  (davlat)  sudga  (bunday  hollarda  sudyani  doimiy 
faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  Raisi  tayinlaydigan  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tartib-taomilidan  farq  mavjud)  topshiriladi. 
Shu  bilan  birga  muvaqqat  hakamlik  sudida  ishni  ko‘rishdan  avval  o‘z 
ichiga  bino,  kotib,  tarjimon  xizmatlari  va  boshqalar  bilan  ta’minlashni 
zimmasiga  oluvchi  muvaqqat  hakamlik  sudi  ma’muriyati  masalasini 
kelishib olishga e’tibor qaratish lozim.  
Hakamlik  sudi  sudyasini  taraflar  o‘zaro  kelishib  tanlashlari  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham  hakamlik  sudida  ish 
qo‘zg‘atilishi haqidagi ajrimning nusxalari hakamlik bitimining taraflariga 
yuborilishi  jarayonida  javobgarga  ajrim  nusxasi  bilan  da’vo  arizasi  va 
unga  ilova  qilingan  hujjatlarning  nusxalari  hamda  hakamlik  sudyalarning 
ro‘yxati va tegishli hakamlik sudi Reglamenti yuborilishi talab etiladi.  
Mazkur  hujjatlarning  nusxalarini  olgandan  keyin  javobgar  o‘n  besh 
kunlik  muddat  ichida  Hakamlik  sudiga  da’vogar  tomonidan  hakamlik 
sudyasi  nomzodini  taklif  qilgan  xabarnomaga  javob  berishi  shart  va  bu 
javobda quyidagilarni ko‘rsatishi lozim: 
-  nizo  hakamlik  sudyasi  tomonidan  yakka  tartibda  ko‘rib 
chiqilayotganda  da’vogar  taklif  qilgan  hakamlik  sudyasining  nomzodiga 
roziligi  yoki  noroziligi  (agarda  javobgar  norozi  bo‘lsa  javobda  javobgar 
tomonidan  taklif  qilinayotgan  hakamlik  sudyasining  ismi  va  sharifi 
ko‘rsatiladi); 
-  nizo  hay’atda  ko‘rib  chiqilayotganda  javobgar  tomonidan  taklif 
qilinayotgan hakamlik sudyasining ismi va sharifi. 
 
 
 
 


 
 
45 
 
 
45 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling