Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunning 20-moddasiga asosan
HAKAMLIK MUHOKAMASI sudida nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan sudyalar yo‘qligini vaj qilib iltimosnomasini rad etiladi. Savol: 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining sudyalarini shakllantirish tartibi qanday? 3. Sudyalarni saylash tartibini tushuntiring? 50 50 HAKAMLIK MUHOKAMASI 5-BOB. NIZOLARNI HAKAMLIK SUDIDA HAL ETISH BILAN BOG‘LIQ XARAJATLAR 1. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hakamlik sudyalarining gonorari; hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy jihatdan va boshqacha tarzda ta’minlash xarajatlari; hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlari, shu jumladan, nizoni ko‘rib chiqish joyiga borib kelish uchun to‘lanadigan yo‘l haqi xarajatlari; hakamlik sudyalarining yozma va ashyoviy dalillarni mazkur dalillar turgan joyda ko‘zdan kechirish hamda tekshirish bilan bog‘liq xarajatlari; ekspertlar va tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; guvohlar tomonidan sarflangan xarajatlar; hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflardan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha taraf vakilining xizmatlari haqini to‘lash xarajatlari; hakamlik sudi tomonidan belgilanadigan boshqa xarajatlar. Hakamlik sudi xarajatlari miqdori nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi yoki muvaqqat hakamlik sudi tomonidan hal etilayotganligiga qarab turlicha belgilanadi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar taraflar zimmasiga yuklatilgan bo‘lmasa, bu xarajatlar hakamlik tushumi summasiga kiritiladi. O‘z navbatida hakamlik tushumi summasi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi muasssislari tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida hakamlik tushumidan tashqari, taraflar to‘lashi kerak bo‘lgan xarajatlar ro‘yxati alohida ko‘rsatilishi lozim. Chunki, hakamlik tushumida oldindan nizoni hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq ko‘rsatilmasligi mumkin. Shuningdek, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida hakamlik tushumiga izoh berish va hakamlik tushumi summasiga kiritiladigan xarajatlar ro‘yxati ham ko‘rsatilishi lozim. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlarida hakamlik tushumi summasiga hakamlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling