Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Hakamlik yig‘imi, miqdori va to‘lash tartibi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
2. Hakamlik yig‘imi, miqdori va to‘lash tartibi Hakamlik sudiga murojaat etganlik uchun hakamlik yig‘imi to‘lanadi. Hakamlik yig‘imi deganda hakamlik sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan har bir da’vodan undiriladigan va hakamlik sudining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan yig‘im(to‘lov) tushuniladi. 52 52 HAKAMLIK MUHOKAMASI Hakamlik yig‘imiga quyidagilar kiradi: hakamlik sudyalariga beriladigan gonorarlar; hakamlik sudi xodimlariga beriladigan ish haqi va gonorarlar; hakamlik muhokamasining tashkiliy xarajatlariga kiruvchi bino uchun ijara haqi, yozuv qurollari, aloqa xizmati xarajatlari; hakamlik muhokomasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hakamlik sudining moddiy-texnik ta’minoti xarajatlari. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik yig‘imining mikdori hakamlik sudi tomonidan o‘rnatiladi. Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik yig‘imining mikdori taraflar tomonidan belgilanadi. Hakamlik yig‘imi da’vo bahosiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Bunda da’vo bahosini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi: - pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - undiriladigan summaga qarab; - mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - shu mol-mulkning qiymatiga qarab; - huquqiy munosabatlarni haqiqiy deb topish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - da’vo arizasi taqdim etilayotgan paytda huquqiy munosabatlar predmetining qiymatiga qarab. Bir necha talablardan iborat bo‘lgan da’volarda har bir talabning summasi alohida belgilanadi va umumiy da’vo bahosiga qo‘shiladi. Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda u hakamlik sudi tomonidan belgilanadi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari to‘g‘risida”gi Nizomning 4-moddasida hakamlik yig‘imi miqdori ko‘rsatilgan bo‘lib, hakamlik yig‘imining miqdori da’vo summasidan 1 %, lekin eng kam ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Nomulkiy tusdagi da’volar yuzasidan taqdim etilgan da’vo arizalari bo‘yicha da’vo bahosini aniqlash imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda hakamlik yig‘imi eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida belgilanadi. Hakamlik yig‘imi milliy valyutada, lozim topilganda da’vo bahosi ko‘rsatilgan chet el valyutasida to‘lanadi. Taraflar hakamlik yig‘imini da’vo arizasining bahosi chet el valyutada belgilangan taqdirda ham milliy valyutada hakamlik yig‘imi to‘lanayotgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muayyan valyutaga nisbatan belgilangan kurs bo‘yicha to‘lashga haqli. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling