Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
sudyalari  gonorarlarini  to‘lash  va  hakamlik  muhokamasini  tashkiliy, 
moddiy  va  boshqa  tarzda  ta’minlash  bo‘yicha  xarajatlar  kiritiladi. 
Hakamlik  sudi  belgilaydigan  boshqa  xarajatlarni  taraflar  qo‘shimcha 
tarzda to‘laydilar. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudidan  farqli  ravishda, 
muvaqqat  hakamlik  sudida  nizoni  hal  qilish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 
hakamlik bitimida kelishilgan bo‘lishi yoxud taraflar o‘rtasida hal etiladi.  
Nizoni  O‘zbekiston  Respublikasi  hakamlik  sudlarida  hal  qilish  bilan 
bog‘liq  xarajatlar  so‘mda  to‘lanadi.  Da’vo  talablarining  ayrimlari  milliy 
valyutada, ayrimlari esa chet el valyutasida arz qilinganda  ham xarajatlar 
milliy  valyuta(so‘m)da  to‘lanadi.  Chet  el  valyutalarini  so‘mga  hisoblash 
tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  belgilangan 
kurs asosida amalga oshiriladi.  
Hakamlik  muhokamasini  tashkiliy,  moddiy  jihatdan  va  boshqacha 
tarzda ta’minlash xarajatlari deganda, sud binosi ijaraga olish bilan bog‘liq 
xarajatlar,  hakamlik  sudi  faoliyatini  moddiy  texnik  jihatdan  ta’minlash 
bilan bog‘liq xarajatlar nazarda tutiladi.  
Hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan 
bog‘liq  xarajatlari  doirasi  keng  bo‘lib,  ularga  xakamlik  sudyalarining 
xizmat  safari  bilan  bog‘liq  xarajatlar  (yo‘l  xarajatlari,  ovqatlanish, 
mexmonxonada  turish),  joyga  chiqib  yozma  va  ashyoviy  dalillarni  
ko‘zdan  kechirish  hamda  tekshirish  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  o‘z  ichiga 
oladi. 
Bundan  tashqari,  ish  holatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ekspert  va 
tarjimon,  guvohlar  jalb  qilingan  bo‘lsa,  ularga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan 
xarajatlar  ham  hakamlik  sudida  nizoni  hal  qilish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 
tarkibiga kiradi. 
Shuningdek,  O‘zR  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunning  20 
moddasi  birinchi  qismida  belgilangan  xarajatlarni  to‘lashi  hakamlik 
muhokamasi  qoidalarida  belgilanmagan  bo‘lsa,  bunday  xarajatlar 
hakamlik sudi xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling