Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


 Hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
3. Hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash 
muddatini kechiktirish yoki uzaytirish va qaytarish tartibi  
 
Hakamlik 
yig‘imi 
miqdori 
taraflarning 
iltimosiga 
binoan 
ko‘paytirilishi,  kamaytirilishi,  shuningdek  to‘lash  muddati  kechiktirilishi 
yoki  uzaytirilishi  mumkin.  Bundan  tashqari  hakamlik  yig‘imi  hakamlik 
sudi tomonidan qytarilishi mumkin. 
Hakamlik  yig‘imi  miqdorini  ko‘paytirish,  kamaytirish,  to‘lash 
muddatini  kechiktirish,  uzaytirish  yoki  qaytarish  tartibi  O‘zbekiston 
Respublikasi  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  qonun  bilan  tartibga 
solinmagan.  
Doimiy  faoliyat  yurituvchi  hakamlik    sudlarida  hakamlik  yig‘imi 
miqdorini  ko‘paytirish,  kamaytirish,  to‘lash  muddatini  kechiktirish, 
uzaytirish  yoki  qaytarish  tartibi  hakamlik  sudining  Relamenti,  Nizomlari 
bilan  tartibga  solinadi.  Muvaqqat  hakamlik  sudida  esa  taraflar  tomonidan 
kelishiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik 
sudida  taraflarning  hakamlik  yig‘imi,  xarajatlari  va  chiqimlari  to‘g‘risida 
Nizomga  asosan  hakamlik  yig‘imi  miqdorini  ko‘paytirish,  kamaytirish, 
to‘lash  muddatini  kechiktirish,  uzaytirish  yoki  qaytarish  tartibini  ko‘rib 
chiqamiz: 
Da’vo  talablari  oshirilganda  hakamlik  yig‘imining  etmagan  summasi 
da’vo  bahosi  ko‘paytirilishiga  mufoviq  da’vogar  tomonidan,  da’vo 
talablarini  oshirish  to‘g‘risida  ariza  berilgunga  qadar  to‘lanadi.  Agar  bu 
to‘lov  amalga  oshirilmasa  hakamlik  sudi  qo‘shimcha  da’vo  talablarini 
ko‘rib chiqmaslik haqida ajrim chiqarishi mumkin. 
Ishning  murakkabligi,  vaqt  sarflanilishi  va  hakamlik  muhokamasi 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  xarajatlarning  ahamiyatli  oshirilishini 
inobatga  olib,  hakamlik  sudi  Raisi  yoki  uning  o‘rinbosarining  ajrimi 
asosida hakamlik yig‘imi miqdori ko‘paytirilishi mumkin. 


 
 
54 
 
 
54 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling