Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
tug‘diruvchi  boshqa  holatlarning  mavjudligi  masalan,  sudyaning  nizo 
tarafi  yoki  uning  vakilidan  mehnat,  tashkiliy  yoki  boshqacha  tobelik 
mavjudligini  anglatadi.  Hakamlik  muhokamasi  taraflar  ishonchiga 
asoslanganini  hisobga  olgan  holda  sudyaning  xolisligiga  bo‘lgan  har 
qanday shubha rad qilish arizasini beruvchi foydasiga hal etilishi kerak. 
Hakamlik  sudi  sudyasini  rad  qilish  uchun  yana  bir  muhim  asos 
“Hakamlik  sudlari  to‘g‘risidagi”  Qonun,  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 
hakamlik  sudi  qoidalari  yoki  taraflar  bitimi  tomonidan  o‘rnatilgan  uning 
malakasiga  bo‘lgan  talablarga  rioya  etmaslik  hisoblanadi.  Masalan, 
“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunda belgilangan talablarga nisbatan 
ko‘pgina  hakamlik  sudlari  tomonidan  hakamlik  sudyasi  malakasiga 
qat’iyroq  talablar  o‘rnatilgan.  Bu  holatda  hakamlik  sudyasi  malakasi 
hakamlik  sudi  Qoidalari  yoki  taraflar  talablariga  mos  kelmasligi 
“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 14-moddasi uchinchi qismiga 
binoan sudyani rad qilish uchun asos bo‘la oladi. 
Hakamlik 
muhokamasi 
tarafi 
saylangan 
(tayinlangan) 
yoki 
saylanishida  ishtirok  etgan  hakamlik  sudyasining  rad  qilinishi  uchun  asos 
bo‘luvchi  holatlar  rad  qilinayotgan  hakamlik  sudyasi  saylanganidan 
(tayinlanganidan) keyin o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina uni rad 
qilish haqida arz qilishlari mumkin. 
Hakamlik  sudyasini  rad  qilish  haqidagi  yozma  asoslangan  ariza 
hakamlik  muhokamasining  tarafi  tomonidan  Hakamlik  sudining  birinchi 
muhokamasigacha  taqdim  etilishi  shart.  Hakamlik  sudyasini  rad  qilish 
haqidagi  ariza  Hakamlik  sudining  birinchi  muhokamasidan  keyin  taqdim 
etilgan holda faqat sud tarkibi tomonidan arizaning kechiktirilish sabablari 
uzrli deb topilsa, u ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Agarda,  hakamlik  muhokamasi  paytida  hakamlik  sudyasining  rad 
qilinishi uchun asos bo‘luvchi hollatlar paydo bo‘lsa, hakamlik sudyasi bu 
haqda  Hakamlik  sudiga  va  hakamlik  muhokamasining  taraflariga  xabar 
qilib  va  o‘zini  o‘zi  rad  qilish  haqida  arz  qilishi  shart.  Rad  qilinishi  talab 
etilayotgan  hakamlik  sudyasi  rad  qilish  haqidagi  masala  ko‘rib 
chiqilguniga qadar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli bo‘ladi. 
Agar  rad  qilinishi  talab  etilayotgan  hakamlik  sudyasi  o‘zini  o‘zi  rad 
qilmasa yoki hakamlik muhokamasining boshqa tarafi hakamlik sudyasini 
rad qilishga rozi bo‘lmasa, hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi masala 
hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi boshqa hakamlik sudyalari tomonidan hal 
etiladi.  Rad  qilishni  yoqlab  va  unga  qarshi  berilgan  ovozlar  soni  teng 
bo‘lib  qolsa,  hakamlik  sudyasi  rad  qilingan  hisoblanadi.  Hakamlik 
sudining  butun  tarkibini  rad  qilish  haqidagi  masalalar  shu  hakamlik  sudi 


 
 
47 
 
 
47 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling