Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Da’vo  arizasi  buzilgan  qonuniy  hukuk  va  manfaatlarini  tiklashni 
so‘rab,  qonun  bilan  belgilangan  tartibda  sudga  taqdim  etilgan  murojaat 
hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  da’vo  arizasida  o‘z  huquqini 
himoya  qilish  maqsadida  hakamlik  sudiga  murojaat  qilgan  manfaatdor 
shaxsning xohish-istagi bayon etiladi. Da’vo arizasi bu hakamlik sudining 
buzilgan  hukukni  yoki  manfaatni  ximoyalashga  karatilgan  faoliyatini 
boshlash uchun hukukiy vositadir.  
Tadbirkorlik  sub’ektlari  da’vo  ariza  bilan  hakamlik  sudiga  murojaat 
qilish 
jarayonida 
O‘zbekiston  Respublikasi  “Hakamlik  sudlari 
to‘g‘risida”gi Qonunining 29 moddasida nazarda tutilgan, qator talablarga 
rioya qilishlari shart : 
1)  Tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  hakamlik  sudiga  da’vo  arizasi 
kiritilayotgan  sana.  Mazkur  talab,  protsessual  axamiyatga  ega  bo‘lib, 
qonunchilikda belgilangan muddatlarning ko‘pchiligi da’vo arizasi takdim 
etilgan kundan boshlanadi yoki tugatiladi.  
2) Hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi 
va joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, 
otasining ismi, yashash joyi. Taraflarning manzillarini ko‘rsatish hakamlik 
muhokamasi  davomida  xujjatlar  almashinuvi  uchun  juda  muhim 
axamiyatga ega.  
3)  Da’vogarning  talablari.  Da’vo  arizasida  da’vogarning  da’vo 
talablari  aniq  va  ravshan  ko‘rsatilishi  kerak.  Masalan,  da’vo  arizasida 
“shartnoma  bo‘yicha  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  pulni  undirib  berishingizni 
so‘rayman”  deb  yozish  maqsadga  muvofiq  bo‘lmaydi.  Buning  o‘rniga 
“2000 yil 3 sentyabr kunida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 2 mln 
so‘m  asosiy  qarz  va  200  ming  so‘m  penya  undirib  berishingizni 
so‘rayman” deyilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
4)  Da’vogarning  talablariga  asos  bo‘lgan  holatlar.  Bunda 
da’vogarning  da’vo  qo‘zg‘atishiga  sabab  bo‘lgan  xolatlar  sanab  o‘tiladi. 
Masalan,  “tuzilgan  shartnoma  buyicha  sotuvchi  (da’vogar)  o‘z 
majburiyatlarini to‘lik va o‘z vaktida bajarganligiga qaramasdan javobgar 
shu  paytgacha  shartnoma  qiymatini  to‘lamasdan  kelmokda”.  Bundan 
tashqari,  da’vogar  da’vo  arizasida  o‘zining  talablari  qaysi  qonunga  va 
qonunchilikning qaysi hujjatlariga asoslanganligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. 
5)  Da’vogarning  da’vo  talablarini  tasdiqlovchi  dalillar.  Bunga 
taraflar  o‘rtasida  tuzilgan  shartnomalar,  bank  to‘lov  topshiriknomalari, 
schyot fakturalar va boshqalar kirishi mumkin. Masalan, javobgarga da’vo 


 
 
63 
 
 
63 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling