Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Hakamlik  sudini  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  nizom,  Hakamlik 
sudyalariga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom va boshqalar tasdiqlanadi.   
Hakamlik  sudini  barpo  etishga  qaror  qilgan  yuridik  shaxs  yoki 
shaxslar  guruxi  qanday  tashkiliy-huquqiy  shaklda  mavjudligidan  qat’iy 
nazar, uning nizolarni hal etishga doir faoliyati hamisha notijoriy faoliyati 
bo‘ladiki,  chunki  bunday  faoliyatning  asosiy  maqsadi  foyda  olish  emas, 
balki  buzilgan  yoki  e’tiroz  bildirilgan  huquqlarni  himoya  qilishdir.  Shu 
sababga  ko‘ra  nizolarni  hal  qilish  bo‘yicha  hakamlik  sudlarining faoliyati 
bilan  bog‘liq  daromadlar  tijorat  faoliyati  natijasida  olingan  daromad 
hisoblanmaydi va soliqqa tortish ob’ekti bo‘la olmaydi.  
Hakamlik 
muhokamasi 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
qo‘llab-
quvvatlashning  ta’sirchan  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Chunki  uning  ish 
yuritish tamoyillari tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlariga to‘la mos keladi. 
Darhaqiqat,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  fuqarolar  va 
yuridik  shaxslar  uchun  hakamlik  sudlarining  muhim  va  afzallik  jihatlari 
shundan iboratki, ushbu toifadagi sud ishlarini yuritishda tadbirkorlarning 
manfaatlariga  mos  keladigan  tadbirkorlik  huquqiy  munosabatlarning 
o‘ziga  xos  xususiyatlari,  masalan,  tijorat  sirlarini  oshkor  qilmaslikni 
ta’minlash,  ish  yuritishning  yopiq  tarzda  olib  borilishi,  hakamlik 
sudlarining  hal  qiluv  qarorlarining  qoida  bo‘yicha  e’lon  qilinmasligi 
kabilarga  alohida  e’tibor  beriladi,  shuningdek,  hakamlik  sudlarida  ish 
ko‘rish  ushbu  protsess  davomida  taraflarning  tortishuvi  tamoyilini  to‘liq 
ta’minlash  uchun  sog‘lom  muhit  yaratilganligi  bilan  ham  ahamiyatlidir. 
Hakamlik  sudlarining  muhim  jihatlaridan  yana  biri  ish  ko‘rishning  qisqa 
muddatlarda  amalga  oshirilishi  hisoblanadi,  hakamlik  sudida  nizoni  hal 
qilish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  nizolarni  xo‘jalik  sudlarida  ko‘rish  va  hal 
etish  uchun  ketadigan  sud  xarajatlaridan  bir  necha  bor  kamligi  ham 
tadbirkorlarning manfaatlariga xizmat qiladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling