Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI tadbirkorlik, tijorat va xususiy sektorga nisbatan munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, ularni manfaatlari himoyasini ta’minlash, qonuniy huquqlari poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular uchun qulay huquqiy zamin, imtiyoz va kafolatlar tizimini yaratish ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish vazifalari belgilangan. Darhaqiqat, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tobora erkinlashtirish sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan alohida e’tibor berib kelinayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF–3619-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Farmonda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolari xo‘jalik sudi bilan bir qatorda hakamlik sudlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi va Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudi to‘g‘risida” Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishi va bunda tadbirkorlik sub’ektlari hamda birlashmalarining o‘zlari tomonidan hakamlar sudi tashkil etilishi nazarda tutilishi belgilab qo‘yildi. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan 2005 yil 11 avgustda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilib, mazkur qonun loyihasi bir necha bor qizg‘in muhokamalardan o‘tgach, Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 8 fevralda qabul qilindi va Oliy Majlis Senatining 2006 yil 25 avgustda bo‘lib o‘tgan ettinchi yalpi majlisida ma’qullanib, 2006 yil 16 oktyabrda e’lon qilindi. Qonun 2007 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirdi. Ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan nizolarni hal etishning alternativ (muqobil) usullarini rivojlantirish mamlakatda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Fuqaroviy-huquqiy nizolarni hal etishning demokratik, muqobil shakllaridan biri sifatida hakamlik muhokamasiga alohida e’tibor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling