Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Hakamlik sudini yuridik shaxslar-birjalar, tadbirkorlar palatalari, savdo palatalari, banklar, yuristlar, buxgalterlar uyushmalari, tadbirkorlar va iste’molchilarning jamoat birlashmalari, o‘zga yuridik shaxslar va birlashmalar huzurida tuzilma shaklida barpo etish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda hakamlik sudini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash harajatlarini yuridik shaxs bo‘lgan organ o‘z zimmasiga oladi, hakamlik sudi esa bevosita nizolarni ko‘rish bilan shug‘ullanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida hakamlik sudlari tuzilishi mumkin emas, bunday holatda hakamlik sudlovi mustaqilligi prinsipi buziladi, chunki davlatning mansabdor shaxslari sud qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hakamlik sudlari bunday sudlarni tuzishdan va ularning faoliyatidan manfaatdor tuzilmalar o‘rtasida imzolangan bitim asosida tuziladi. Hakamlik sudlarini tuzish va ularning faoliyati to‘g‘risida bitimni imzolash bilan bir vaqtda ularning faoliyatini tartibga soladigan asosiy hujjatlar: Hakamlik sudi to‘g‘risidagi Qonun, Hakamlik sudining reglamenti. hakamlik yig‘imlari va harajatlari to‘g‘risidagi nizom, Hakamlik sudlari faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari quyidagilar: Nizolarni tez va samarali hal qilinish Nizolashuvchi taraflarning mablag‘larini tejalishii Nizolarni tez va samarali hal qilinishi Ijobiy sud amaliyoti barpo bo‘lishi va qonunni qo‘llashning zarur pretsendent (namuna)lari paydo bo‘lishi Ma'lum sohada uni rivojlantirish maqsadida qonunlarni qo‘llash amaliyotining asosiy muammolarini ko‘rish imkoniyati Professional birlashma tomonidan uning nopok ishtirokchilariga ta'sir o‘tkazish vositalari yordamida qarorlarni majburiy ijro ettirishning qo‘shimcha imkoniyatlari Nizolarni hal etishda ishtirok etishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling