Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Mediatsiya turlari. Mediatsiya modellari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Mediatsiya turlari. Mediatsiya modellari.
Mediatsiya qaysi shaklda amalga oshirilishiga qarab u yoki bu modelga mansub bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarigacha mediatsiya asosan bir turdagi jarayon sifatida ko‘rilgan va mediatsiya amaliyotidagi tafovutlar uslubiy xilma-xillik sifatida baholangan. Biroq bugungi kunda mediatsiyaning uch xil modeli mavjudligi e’tirof etilgan: baholovchi 108 108 HAKAMLIK MUHOKAMASI (evaluative), ko‘maklashuvchi (facilitative) va qayta o‘zgartiruvchi (transformative). Baholovchi mediatsiyada mediatorning harakatlari baho berish, taklif kiritish, shuningdek yo‘nalish berish orqali taraflarga ularning ishidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishlarida yordam berishga qaratilgan. Aksincha ko‘maklashuvchi mediatsiyada mediator taraflar o‘rtasidagi muomalani oydinlashtirishga va yaxshilashga hamda ularga echimni topishda yordam berishga harakat qiladi. Mediatsiyaning bu turida mediator nizoning huquqiy holatiga baho bermaydi, uning harakatlari asosan taraflarning ehtiyojlari va bu ehtiyojlar manfaatlarga asoslangan bitimda qanday qondirilishiga qaratilgan. Mediatsiyaning qayta o‘zgartiruvchi turida mediatorlar muammoni hal qilish va kelishuvga erishishga harakat qilmaydilar. Qayta o‘zgartiruvchi mediatsiya taraflarning bir-birga munosabati va o‘z holatlarini qanday tushinishlari bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berganda amalga oshgan hisoblanadi. Qayta o‘zgartiruvchi mediatsiyaning maqsadi vakolat va e’tirofga imkoniyat yaratish – o‘z yo‘lini o‘zi belgilash va hozirjavoblikni rag‘batlantirish orqali insonlarga o‘z nizolarini hal etish yuzasidan nazoratni o‘zlariga berishdan iborat. Samarali natijaga erishish uchun mediatorlar mediatsiya jarayonini o‘tkazishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilishadi: 1) kirish; 2) taraflarning kirish so‘zi; 3) kun tartibini shakllantirish; 4) muqobil qarorlarni ishlab chiqish; 5) qarorlarni baholash va tanlash; 6) kelishuvga erishish. Mediatsiya jarayonida mediator quyidagi vazifalarni bajaradi: nizoni baholovchi; faol eshituvchi; jarayonni xolis tashkil etuvchisi; muqobil takliflar generatori; takliflarni realligi va bajarilishi mumkinligini sinovchisi; taraflarning yakuniy kelishuvni ishlab chiqishlarida ko‘maklashuvchi; taraflarni sheriklik muzokaralari jarayoniga o‘rgatuvchi. Mediatsiyani o‘tkazish jarayonida mediator muzokaralar olib borishning turli usullaridan, masalan, aqliy hujum, refreyming va boshqalardan foydalanadi. Mediatsiya nizolarni muqobil hal qilish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Mediatsiya nizolarni muqobil hal qilishning boshqa usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga egaki, bu holatlar ko‘plab nizolashuvchi taraflar uchun mediatsiyaning qulayligini ta’minlaydi. Mediatsiyada taraflar nafaqat jarayonning o‘zini balki uning natijasini ham boshqaradilar va egalik qiladilar, taraflarning roziligisiz hech narsa hal qilinmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling