Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 4. Mediatsiyani tashkil etish va uning huquqiy asoslari Mediatsiya deb atalmasa ham, unga o‘xshash yarashtiruv taomillari amalda mahalla qo‘mitalari tomonidan mahalla a’zolari o‘rtasida vujudga keladigan turli nizolarni (qo‘shnilar o‘rtasidagi, oilaviy nizolarni) hal etishda qo‘llanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bizning xalqimizda or-nomus, andisha, hayo va ibo degan tushunchalar nihoyatda kuchli. Bu esa ko‘pincha uydagi mojaroni hal qilish uchun ariza yozib, sudga chopishga yo‘l bermaydi. Oilaviy kelishmovchiliklarni nari borsa mahalla doirasida, ko‘pni ko‘rgan keksalar, faollar yordamida hech kimga ovoza qilmay, ortiqcha rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymay hal etish – bu ota-bobolarimiz amal qilib kelgan azaliy odat . Mediatsiyani fuqarolik jamiyatining elementi sifatida ko‘rish mumkin. Fuqarolik jamiyatida davlat organlarining ayrim vakolatlari “kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyili asosida nodavlat va jamoat institutlariga o‘tkaziladi. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati rivojlanayotganligini e’tiborga olgan holda jamiyat o‘z nizolarini o‘zining imkoniyatlari bilan davlat odil sudlov tizimiga murojaat etmasdan hal etish g‘oyasi mantiqan to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda mediatsiya ijtimoiy yukdan xalos etuvchi sifatida xizmat qiladi. Fuqarolar tomonidan mediatsiyaga o‘xshash yarashtiruv taomillarini qo‘llash yuqori huquqiy madaniyatli a’zolari bo‘lgan etuk jamiyat shakllanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga mediatsiya har bir fuqaroning huquqiy ongi va ishchanlik odobini yuksaltirishga katta hissa qo‘shadi. U nizoli holatlarda shaxs o‘zini qanday tutishni, muzokaralar o‘tkazish orqali nizolarni o‘zaro qanday hal etishni, vujudga kelgan nizoga o‘zaro maqbul echimga qanday erishishni va umuman nizolarni kelajakda vujudga kelishini kanday bartaraf etishni o‘rgatadi. Shunday qilib mediatsiya jamiyatda tarbiyalash vazifasini bajaradi. Hozirgi kunda mediatsiya xalqaro tijorat nizolarini hal etishda keng qo‘llanmoqda. Bu sohada xalqaro miqiyosda yarashtiruv taomillarini tartibga soluvchi normalarni birxillashtirish olib borilmoqda. Bunga BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasi (2002 y. № A/57/562) bilan qabul qilingan Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) Xalqaro tijorat kelishuv taomili to‘g‘risidagi Namunaviy qonuni dalolat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling