Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
ishni  g‘olib  chiqqan  tarafga  yuklash  huquqiga  ham  ega,  agar  u  ikkinchi 
tarafning  sud  muhokamasi  boshlanishidan  oldin  yoki  davomida  NMHni 
qo‘llash bo‘yicha taklifini asossiz rad etgan bo‘lsa.  
Mediatsiya  Evropa  miqiyosida  ham  rivojlanmoqda  va  tarqalmoqda. 
Fransiyada  fuqarolik,  tijorat  va  mehnat  ishlari  bo‘yicha  mediatsiyani 
qo‘llashning  huquqiy  asosi  bo‘lib  1995-yil  8-fevraldagi  95-125-sonli 
Qonun  hisoblanadi.  Ushbu  qonunning  21-moddasiga  ko‘ra,  “sudya 
taraflarning  roziligini  olgandan  so‘ng,  protsessning  istalgan  bosqichida, 
taraflar  o‘rtasida  kelishuvga  erishish  maqsadida  mediatsiya  o‘tkazish 
uchun  uchinchi  shaxsni  tayinlashi  mumkin”.  Fransiyada  mediatsiya  1980 
yillarning  o‘rtalarida  joriy  qilingan  va  institutsional  hamda  professional 
darajada  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘ldi.  Oilaviy  ishlar  bo‘yicha  mediatsiya 
Fransiyada mediatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Mediatsiya nikohni 
bekor qilish, vasiylik tayinlash va mulkni bo‘lishda qo‘llaniladi.  
Germaniya  Parlamenti  ixtiyoriy  va  sud  tomonidan  tayinlanadigan 
NMHni  o‘rnatish  uchun huquqiy doirani  belgilovchi bir qator qonunlarni 
qabul  qildi.  2000-yil  1-yanvardan  amalga  kiritilgan  fuqarolik  protsessual 
kodeksiga  Kirish  qonunning  15a-bandi  Germaniyaning  barcha  erlarida 
muayyan  turdagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  tomonidan  tayinlanadigan 
NMHni  joriy  qilish  imkoniyatini  beradi.  2002-yil  1-yanvarda  Fuqarolik 
protsessual  kodeksining  278  V  2-bandiga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  sudlar 
tomonidan taraflarning roziligiga ko‘ra ularni  NMHga yuborish imkonini 
beradi.  Ushbu  norma  ixtiyoriy  mediatsiyani  o‘tkazish  uchun  huquqiy 
asoslarni yaratadi. Qonunchilikda mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha havolalar 
mavjud  bo‘lsa-da,  Germaniyada  hozircha  mediatsiya  to‘g‘risida  maxsus 
qonun  mavjud  emas.  Mediatsiyadan  foydalanishni  tartibga  soluvchi 
normalar jinoyat huquqida, oila qonunchiligida va bankrotlik to‘g‘risidagi 
qonunda uchraydi.  
Avstriya  Evropa  davlatlari  orasida  birinchilardan  mediatsiya 
to‘g‘risidagi maxsus qonunni qabul qilgan davlat bo‘lib, unda mediatsiya 
nafaqat  kasb  sifatida  e’tirof  etiladi,  balki  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
mediatorlarni tayyorlash va malakasi bo‘yicha aniq mezonlarni o‘z ichiga 
olgan.  Mediatsiya  oilaviy,  tijorat,  ekologik  nizolarini  hal  qilishda, 
shuningdek  jinoyat  huquqida  (“jabrlanuvchi-huquqbuzar”  mediatsiyasi) 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.  
Sharq mamlakatlarida, xususan Xitoy va Yaponiyada mediatsiyaning 
o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud bo‘lib, u uzoq yillar davomida turli ijtimoiy 
nizolarni hal qilishda qo‘llanib keladi.  


 
 
118 
 
 
118 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling