Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
kelishuvi  taqdim  etilgunga  qadar  o‘z  qarorini  o‘zgartirsa,  XXR  xalq  sudi 
ishni o‘z vaqtida hal qilishi lozim.  
Evropa hududidagi mamlakatlarining ko‘pchilik fuqarolik protsessual 
kodekslari  ham  yarashtiruv  tartibi  yordamida  majburiy  nizolarni  sudga 
qadar  hal  qilishni  nazarda  tutadi.  Belgiya  va  Fransiyada  sud  taraflarga 
kelishmovchilikni  nizolarni  hal  qilishning  muqobil  mexanizmlari 
yordamida  hal  qilishni  taklif  qilishi  shart,  biroq  bunda  nizo 
ishtirokchilarining  ikki  tomonlama  kelishuvi  tamoyiliga  rioya  etish  zarur. 
Ispaniya va Italiyada sudya tarflarni yarashtiruv tartibiga murojaat qilishga 
ko‘ndirishga barcha choralarni qo‘llashga majbur. Angliya va Uelsda agar 
nizo  ishtirokchilari  mediatsiyadan  voz  kechgan  taqdirda  sud  ularga 
nisbatan  moliyaviy  jazolar  qo‘llash  huquqiga  ega.  Germaniyada  taraflar 
kelishmovchilikni  nizolarni  muqobil  hal  qilish  doirasida  urinib 
ko‘rmasalar  odil  sud  faoliyati  boshlanmagan.  Gretsiyada  birinchi 
instansiyaning  sudosti  sudlarida  ishlarni  ko‘rish,  agar  taraflar  ishni 
kelishuv  yo‘li  bilan  hal  qilishga  urinib  ko‘rish  choralarini  amalga 
oshirmagan bo‘lsalar yo‘l qo‘yilmagan. 
2004-yil 
1-mayda 
Avstriyaning 
“Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
vositachilik  to‘g‘risida”gi  federal  qonuni  qabul  qilinib,  unda  vositachilik 
taraflarning  ixtiyoriyligiga  asoslangan  faoliyat  turi  sifatida  belgilangan. 
Unga  ko‘ra,  maxsus  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  vositachi  (mediator)  o‘zaro 
aloqalarning  e’tirof  etilgan  usullari  yordamida  taraflar  bilan  nizoni  hal 
etish  maqsadida  muntazam  ravishda  ish  olib  boradi.  Mazkur  qonunda 
vositachilik  bo‘yicha  Qo‘mita  a’zolari  ichidan  saylanadigan  vositachilik 
masalalari  bo‘yicha  Maslahat  kengashini  tashkil  etish  tartibi; 
vositachilarning  ro‘yxatini  yuritish  taomillari;  vositachilarni  ushbu 
ro‘yxatga  kiritish  shartlari;  ularni  tayinlash  shartlari  va  tartibi,  ushbu 
ro‘yxatdan  ularni  chiqarish  shartlari;  ro‘yxatga  olingan  vositachilarning 
huquq  va  majburiyatlari,  shuningdek,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
vositachilik  natijasida  protsessual  muddatlarni  to‘xtatish  tartibiga  oid 
masalalar o‘z ifodasini topgan. 
Darhaqiqat, mediatsiya majburiy kuchga ega bo‘lmagan, taraflarning 
ixtiyoriyligiga asoslangan, konfidensial jarayon bo‘lib, bu nizolashayotgan 
taraflarning  o‘z  ixtiyorlariga  ko‘ra  tanlab  olgan,  betaraf  uchinchi 
shaxsning  vositachiligida,  shartnomaviy-huquqiy  munosabatlardan  kelib 
chiqqan  nizoni  o‘zaro  murosa  -  yarashuv  yo‘li  bilan  huquqiy  asosda  hal 
etish  jarayonidir.  Betaraf  uchinchi  shaxs  -  mediator  aslida  sudya  ham, 
arbitr ham emas va vujudga kelgan nizo yuzasidan hech  qanday  mustaqil 


 
 
116 
 
 
116 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling