Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI MDHda, asosan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘istonda mediatsiyani rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. NMHga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar- treninglar o‘tkazilmoqda, maxsus saytlar mavjud, savdo-sanoat palatalari huzurida jamoatchilik asosida nizolarni muqobil hal qilish markazlari tashkil etilmoqda. Rossiya Federatsiyasida 2005-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Mediatsiya va huquq ilmiy metodik markaz” tashkil etilgan, “Mediatsiya va huquq” maxsus jurnali chop etib kelinmoqda. Bu sohadagi qonun ijodkorligi natijasida 2010-yil 27-iyulda “Vositachi ishtirokida nizolarni muqobil hal etish taomili (mediatsiya taomili) to‘g‘risida”gi Federal qonuni qabul qilindi. Bugungi kunda xalqaro nizolarni arbitraj tartibida hal qiluvchi ko‘pgina sudlar va markazlar mediatsiya asosida ish ko‘rishga harakat qilmoqdalar. Ularda mediatsiya jarayonini o‘tkazishning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Unga ko‘ra, murojaat qiluvchilarga dastlab mediatsiya o‘tkazish taklif qilinadi, agar mediatsiya samara bermasa, nizo o‘z-o‘zidan arbitraj tartibida ko‘riladi. Bunday markazlar jumlasiga Xalqaro savdo palatasi, London xalqaro arbitraj sudi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining arbitraj va mediatsiya Markazi, Investitsiya nizolarini hal qilish bo‘yicha Xalqaro markaz, Amerika arbitraj assotsiatsiyasini kiritish mumkin. Elektron tijoratning jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi masofadan turib o‘zaro harakatlar sonini oshib borishiga olib keldi. Bu esa bir biridan uzoq masofada joylashgan taraflar o‘rtasidagi nizolarning vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Nizolarni onlayn tartibida hal qilish - nizolarni taraflarning bevosita ishtirokisiz masofadan turib hal qilish imkoniyati mavjudligi sababli afzalliklarga ega. Nizolarni onlayn tartibida hal qilish (NOH) – bu nizolarni axborot texnologiyalaridan foydalanib, odatda Internet orqali masofadan turib hal qilish hisoblanadi. Onlayn atamasi elektron vositalar, xususan Internet orqali aloqa qilishni anglatadi. NOHni e-mail, onlayn-platformalar, onlayn-chatlar, videokonferensiyalar orqali amalga oshirish mumkin. Melburn Universitetining Nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha 2004 yilning iyulida 115 ta NOH provayderlari hisobga olingan bo‘lib, ular 1,5 million nizolarni hal qilishgan. Ushbu provayderlar uchun NOHning eng keng tarqalgan turi mediatsiya va arbitraj bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasida ham nizolarni Internet orqali hal qilishda mediatsiyani qo‘llash uchun etarlicha axborot-texnologik imkoniyatlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling