Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
qaror ham qabul qilmaydi. Hakamlik sudidan u aynan shu jihati bilan farq 
qiladi. 
Taraflar  kelishuv  taomillarini  faol  qo‘llashlari  uchun  huquqiy 
rag‘batlantiruvchi,  qiziqtiruvchi  omillarni  ishlab  chiqish  lozim,  xususan, 
agar  taraflar  kelishuvga  erishgan  bo‘lsalar  sud  xarajatlarini  to‘lash 
bo‘yicha imtiyozlar taqdim etish lozim.  
 
6.  Mediatsiya  jarayonining  xorijiy  mamlakatlarda  qo‘llanish 
amaliyoti 
 
Bugungi kunda mediatsiya ko‘plab xorijiy mamlakatlarning huquqiy 
tizimida  qo‘llaniladi  va  tegishli  sud  amaliyoti  ham  shakllangan.  Ular 
qatoriga  AQSh,  Angliya  va  Uels,  Fransiya,  Germaniya,  Avstriya  kiradi.  
Shuningdek,  MDH  davlatlarida  bu  institutning  rivojlantirish  bo‘yicha 
ishlar olib borilmoqda. 
AQShda  mediatsiya  rivojlanishning  muayyan  bosqichlarini  bosib 
o‘tgan. AQShda mediatsiyani huquqiy tartibga solish amaliyotining tahlili 
quyidagi  omillar  bilan  murakkablashdi.  Har  bir  shtatda  mediatsiyani 
huquqiy  tartibga  solish  va  qo‘llashning  o‘z  amaliyoti  paydo  bo‘lgan, 
mediatsiyani tartibga soluvchi yagona federal qonun mavjud emas, hamda 
mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha havolalar shtatlarning 2500 dan ortiq qonun 
hujjatlarida  belgilangan.  Shu  bilan  birga,  sud  amaliyotida  mediatsiyani 
qo‘llash  bilan  bog‘liq  ishlarni  ko‘rishda  uzviylik  mavjud  emas.  Masalan, 
sudlarda  tomonlarni  mediatsiya  jarayonida  “insofli  ishtirok  etishlariga” 
nisbatan  yagona  yondashuv  yo‘q.  Biroq,  ushbu  holatlarga  qaramasdan 
mediatsiya AQSh huquq tizimida samarali foydalanilmoqda va sud tizimi 
tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda. 
Angliya va Uelsda mediatsiyaning rivojlanishi va kengayishiga Lord 
Vulfning  “Odil  sudlovga  yo‘l”  nomli  hisoboti  (1996  y.)  turtki  bergan 
fuqarolik odil sudlov islohoti (1990 yillar) bilan bog‘liq. 1998 yilda qabul 
qilingan  Fuqarolik  protsessi  qoidalari  (FPQ)  sudlarning  mediatsiyani 
qo‘llashlari  uchun  huquqiy  asosni  yaratdi.  FPQga  muvofiq,  sudlarga 
ishlarni  taraflarning  hamkorlik  qilishlarini  rag‘batlantirish  orqali  va 
nizolarni  hal  qilishda  muqobil  usullardan  foydalangan  holda  faol 
boshqarish  majburiyati  yuklandi  (1.4  (2)-bandi).  Qoidalar  taraflarga 
NMHni  qo‘llashga  urinib  ko‘rish  uchun  sud  protsessining  boshlang‘ich 
bosqichida  ish  yuritishni  to‘xtatishni  talab  qilish  imkoniyatini  beradi 
(26.4(1)-bandi). NMHdan foydalanishni rag‘batlantirish  maqsadida sudlar 
FPQda  belgilangan  qoidaga  (44.3(5)-bandi)  asosan  sud  xarajatlarini  xatto 


 
 
117 
 
 
117 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling