Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


 Hakamlik sudlarini tashkil etish qoidalari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176
 
4. Hakamlik sudlarini tashkil etish qoidalari  
Hakamlik  sudlarini  tashkil  etish  mexanizmi  umumiy  yurisdiksiya 
sudlaridan  farqlanadi.  Binobarin,  hakamlik  sudlari  qandaydir  bir  tizimni 
tashkil etmaydi va bir-biriga bo‘ysunmaydi, aniqrog‘i, davlat sud tizimiga 
kirmaydi  hamda  nizolarni  ko‘rib  chiqish  va  hal  qilishning  “davlat 


 
 
16 
 
 
16 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
sudlari”ga  nisbatan  muqobil  shakli  hisoblanadi.  Qonunning  “Hakamlik 
sudlarini  tashkil  etish”  deb  nomlangan  5-moddasida  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruv  organlari  hakamlik  sudlarini  tashkil  etishi  hamda  hakamlik 
bitimi  taraflari  bo‘lishi  mumkin  emasligini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  belgilab 
qo‘yilishi  ham  uning  davlat  sudlaridan  mustaqil  ravishda  faoliyat 
ko‘rsatishini kafolatlaydi.  
O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat 
hakamlik  sudlari  tashkil  etilishi  mumkin.  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 
hakamlik  sudlari  yuridik  shaxslar  tomonidan  tashkil  etilib,  ularning 
huzurida  o‘z  faoliyatini  amalga  oshiradi.  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 
hakamlik  sudi  tashkil  etgan  yuridik  shaxs  uning  tashkil  etilganligi 
to‘g‘risidagi  hujjatlar  nusxalarini  hakamlik  sudi  joylashgan  erdagi  adliya 
organiga  yuborishi  belgilangan.  Yuridik  shaxs  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudini  tashkil  etish  haqida  qaror  qabul  qilganida, 
doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  qoidalarini,  ya’ni  nizomi 
va  reglamentini,  shuningdek  hakamlik  sudyalari  ro‘yxatini  tasdiqlaganida 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etilgan deb hisoblanadi. 
Shu  bilan  birga  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  o‘z  nomi 
yozilgan  blanka  va  yumaloq  muhrga,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
hisob-kitob  varaqlari,  valyuta  hisobvaraqlariga  hamda  boshqa  bank 
hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin.  
Darhaqiqat,  xalqaro  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  savdo  palatalari,  birjalar,  tadbirkorlar  va 
iste’molchilarning  jamoat  birlashmalari,  boshqa  tashkilotlar-yuridik 
shaxslar, ularning birlashmalari, uyushmalari, ittifoqlari tomonidan tashkil 
etilishi mumkin va ushbu tashkilotlar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. 
Muvaqqat  hakamlik  sudlari  esa  yuridik  shaxslar  tomonidan  emas, 
balki hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal 
etish  uchun  taraflarning  o‘z  tashabbusi  bilan  tashkil  etilib,  nizo  ko‘rib 
chiqilganidan  keyin  o‘z  faoliyatini  tugatadi.  Muvaqqat  hakamlik  sudi 
tashkil  etilganida  hakamlik  bitimi  nusxasi  va  muvaqqat  hakamlik  sudi 
tashkil  etilganligi  to‘g‘risidagi  xabarnoma  mazkur  sud  joylashgan  erdagi 
adliya organlariga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuborilishi 
qonunda o‘z ifodasini topgan. 
Shuningdek,  Qonunda  adliya  organlari  zimmasiga  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  hisobini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  muvaqqat 
hakamlik  sudlarini  hisobga  olish  vazifasi  ham  yuklatilgan.  Shu  bois 
doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  hisobi  ro‘yxatdan 
o‘tkazilishi,  muvaqqat  hakamlik  sudlari  esa  faqat  hisobga  olinishi  zarur. 


 
 
17 
 
 
17 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling