Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Aniqlik  kiritish  maqsadida  Qonunda  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi 
hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik 
sudlarini  tashkil  etish  to‘g‘risidagi,  shuningdek  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  tarkibiga  kiruvchi  hakamlik  sudyalari 
haqidagi  axborot  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan 
tizimlashtirilishi  hamda  “O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari 
to‘plami”da e’lon qilinishi bevosita nazarda tutilgan.  
Aytish  kerakki,  hakamlik  sudlari  tomonidan  ish  ko‘rish  doirasining 
birmuncha  cheklanganligi  ularning  umumiy  yurisdiksiya  sudlaridan  farq 
qiluvchi yana bir jihatlaridan hisoblanadi.  
Masalan,  Qonunda  hakamlik  sudlari  faqat  fuqarolik  huquqiy  munosabatlardan  kelib 
chiqadigan  nizolarni,  shu  jumladan  tadbirkorlik  sub’ektlari  o‘rtasida  vujudga  keluvchi  xo‘jalik 
nizolarini  hal  etishi  qat’iy  belgilab  qo‘yilgan  va  ular  ma’muriy,  oila  va  mehnatga  oid  huquqiy 
munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizolarni,  shuningdek  qonunlarda  nazarda  tutilgan  boshqa 
nizolarni  ko‘rishga  vakolatli  bo‘lmaydilar.  Lekin  shunday  bo‘lsada,  hakamlik  sudlari  tomonidan 
ko‘rib,  hal  etilishi  lozim  bo‘lgan  ishlar,  umuman  olganda,  ko‘pchilikni  tashkil  etadi  va  bu  o‘z 
navbatida, hozirgi vaqtda ish hajmi juda ko‘p bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik 
sudlarining  yuklamalarini  kamaytirishga  va  ko‘rilayotgan  ishlarning  sifatini  yanada  oshirishga 
xizmat qiladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling