Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi o‘z nomi yozilgan blanka va yumaloq muhrga, O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitob varaqlari, valyuta hisobvaraqlariga hamda boshqa bank hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish tartibi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o‘z faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan erdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi. Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Mavaqqat hakamlik sudi o‘ziga xos xususiyatlari bilan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlaridan ajralib turadi. Masalan, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish bo‘yicha vakoltali sudga ariza berilganida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling