Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi. Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reestriga kiritiladi. Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli adliya organi Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga hakamlik sudi hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi. Hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki arizachi tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyati tugatilgan, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish tartibiga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda yuridik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling