Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008  yil  
30  oktyabrdagi  235-son  qarori  bilan  “Hakamlik  sudlari  hisobini  yuritish 
tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan.  
Mazkur  nizomga  asosan,  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik 
sudlari  hisobini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  hakamlik  sudi  maqomini  va  uning 
vakolatlarini  rasmiy  tasdiqlash  usuli  hisoblanadi,  Doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  kitobiga  hakamlik  sudi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni  kiritish  va  hisobini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  to‘g‘risida 
guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi. 
Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi 
maqomini  va  vakolatlarini  rasmiy  hisobga  olish  usuli  hisoblanadi, 
Muvaqqat  hakamlik  sudlari  reestriga  hakamlik  sudi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma 
yuborish orqali amalga oshiriladi. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  hisobini  ro‘yxatdan 
o‘tkazishda  va  muvaqqat  hakamlik  sudlarini  hisobga  olishda  hakamlik 
sudini  tashkil  etishning  maqsadga  muvofiqligi  ko‘rib  chiqilmaydi,  uning 
faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudlari  hisobini  ro‘yxatdan 
o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish 
uchun to‘lovlar undirilmaydi. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tashkil  etgan  yuridik 
shaxs uning hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish uchun doimiy 
faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tashkil  etish  to‘g‘risida  qaror  qabul 
qilingan  kundan  boshlab  o‘n  ish  kuni  mobaynida  hakamlik  sudining 
joylashgan  joyi  bo‘yicha  ushbu  Nizomning  1-ilovasiga  muvofiq  shakl 
bo‘yicha  adliya  organiga  ariza  yuboradi.  Arizaga  quyidagi  hujjatlar  ilova 
qilinadi: 
doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tashkil  qilgan  yuridik 
shaxsning  davlat  ro‘yxatidan  o‘tganligi  to‘g‘risidagi  guvohnomaning 
notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 
yuridik  shaxsning  vakolatli  organi  tomonidan  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  tashkil  etish  to‘g‘risida  qabul  qilingan  qarori 
nusxasi; 
yuridik  shaxsning  vakolatli  organi  tomonidan  tasdiqlangan  doimiy 
faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi; 
hakamlik sudyalari ro‘yxati; 
hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari; 


 
 
20 
 
 
20 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling