Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI shaxs o‘n ish kuni mobaynida adliya organiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reestriga tegishli yozuvni kiritadi. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: hakamlik bitimi nusxasi; hakamlik sudyalari ro‘yxati (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda); hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari; hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizom 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga kiritiladi. Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risida tegishli adliya organi Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga va hakamlik bitimi tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling