Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 1. Taraflar o‘rtalarida 28/45-sonli 2007 yil 10 sentabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan (matnda “Shartnoma” deb berilgan) kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizo va qarama-qarshiliklarni muzokaralar orqali hal etish erklarini tasdiqlaydilar. 2. Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq holda, shu jumladan, shartnoma uning bajarilmaganligi yoki bekor qilinishiga Taraflar tomonidan muzokaralar orqali tartibga solinmagan nizo, anglashilmovchiliklar yoki talablar Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi (Toshkent sh.) Hakamlik sudida mazkur Shartnoma imzolangan kunida amaldagi uning Reglamentiga binoan yakuniy hal qilinishi lozim. 3. Hakamlik muhokamasi uch nafar hakamlik sudyalari tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudi shaxsiy tarkibi uning Reglamentida qayd etilgan tartibda, Markaz tomonidan tasdiqlangan hakamlik sudyalari ro‘yxatida ko‘rsatiladi. 4. Hakamlik muhokamasini o‘tkazish joyi O‘zbekiston, Toshkent shahri deb tanlanadi. 5. Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudiga murojaat etishdan avvalgi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. 6. Taraflar Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudida ish ko‘rilishi rus va o‘zbek tillarida olib borilishini e’tiborga oladilar va hakamlik muhokamasi tili sifatida o‘zbek tilini tanlaydilar. 7. Taraflar Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudi hal qiluv qarori ular uchun yakuniy bo‘lishini tan oladilar va Huquqiy muammolarni o‘rganish Markazi qoshidagi Hakamlik sudi hal qiluv qarori va Reglamentida aniqlangan tartibga rioya qilgan holda bunday hal qiluv qarorini unda ko‘rsatilgan muddatda bajarish majburiyatini oladilar. 8. Nizoni Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudiga ko‘rib chiqish uchun topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan ixtiyoriy tarzda tuzilgan. Ushbu bitim yuridik jihatdan mustaqil va Shartnomaning boshqa shartlariga tobe emas. Shartnomaning bekor qilinishi (haqiqiy emasligi) qonunga ko‘ra ushbu bitimning bekor qilinishini keltirib chiqarmaydi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling