39
39
HAKAMLIK MUHOKAMASI
3. Shartnomaning sharti sifatida rasmiylashtirilgan hakamlik
bitimi va alohida bitim sifatida rasmiylashtirilgan hakamlik
bitimidan farqi.
4. Hakamlik bitimini haqiqiy emas deb topish asoslari.
Hakamlik bitimiga umumiy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi 9 bobi, 101-128 moddalarida mustahkamlangan
bitimlarga oid normalar tatbiq etiladi. Demak, bitimga qo‘yilgan talablar
va uni haqiqiy emas deb topish asoslari umumiy asoslarda hakamlik
bitimiga ham qo‘llaniladi.
Hakamlik bitimi:
qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmagan holda tuzilgan bo‘lsa;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lsa;
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bo‘lsa;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmagan shaxs tomonidan
tuzilgan bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;
muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;
o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan
fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;
yanglishish ta’sirida tuzilgan bo‘lsa;
aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi
yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bo‘lsa;
qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzilgan bo‘lsa
haqiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: