Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI olmasalar, nizo hal qilish uchun vakolatli sudga topshiriladi. Bunda hakamlik bitimining amal qilishi tugatiladi. “Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 15-moddasiga binoan taraflar muvaqqat hakamlik sudini shakllantirish tartib-taomilini o‘zaro kelishib oladilar. Biroq, agar taraflar muvaqqat hakamlik sudini shakllantirishning tartibini o‘zlari o‘rnatishga qaror qilsalar, unda hakamlik bitimida taraflar muvaqqat hakamlik sudi tarkibini shakllantirishning shunday tartibini kelishishlari lozimki, u nizoni mazmuniga ko‘ra aynan hakamlik sudida hal qilishga imkon bersin, chunki bu tartibdagi har qanday xato hakamlik bitimining bekor qilinishiga olib keladi. Agarda muvaqqat hakamlik sudi taraflari sudyani (sudyalarni) tanlay olmasalar yoki tanlangan sudyalar raislik qiluvchi sudyani tanlay olmasalar, nizo vakolatli (davlat) sudga (bunday hollarda sudyani doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Raisi tayinlaydigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tartib-taomilidan farq mavjud) topshiriladi. Shu bilan birga muvaqqat hakamlik sudida ishni ko‘rishdan avval o‘z ichiga bino, kotib, tarjimon xizmatlari va boshqalar bilan ta’minlashni zimmasiga oluvchi muvaqqat hakamlik sudi ma’muriyati masalasini kelishib olishga e’tibor qaratish lozim. Hakamlik sudi sudyasini taraflar o‘zaro kelishib tanlashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hakamlik sudida ish qo‘zg‘atilishi haqidagi ajrimning nusxalari hakamlik bitimining taraflariga yuborilishi jarayonida javobgarga ajrim nusxasi bilan da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari hamda hakamlik sudyalarning ro‘yxati va tegishli hakamlik sudi Reglamenti yuborilishi talab etiladi. Mazkur hujjatlarning nusxalarini olgandan keyin javobgar o‘n besh kunlik muddat ichida Hakamlik sudiga da’vogar tomonidan hakamlik sudyasi nomzodini taklif qilgan xabarnomaga javob berishi shart va bu javobda quyidagilarni ko‘rsatishi lozim: - nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda da’vogar taklif qilgan hakamlik sudyasining nomzodiga roziligi yoki noroziligi (agarda javobgar norozi bo‘lsa javobda javobgar tomonidan taklif qilinayotgan hakamlik sudyasining ismi va sharifi ko‘rsatiladi); - nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda javobgar tomonidan taklif qilinayotgan hakamlik sudyasining ismi va sharifi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling