Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 3.Hakamlik sudyalarining ro‘yxatini shakllantirish qoidasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15–moddasi taraflar faqatgina sudni tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan hakamlar ro‘yxatidagi hakamlik sudyalarini tanlashlari mumkinligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning ushbu normasi taraflarga hakamlik sudyalarini o‘z xohishlariga ko‘ra ro‘yxatdan yoki ushbu sudning hakamlik sudyalari ro‘yxatida bo‘lmagan har qanday boshqa shaxsni tanlash imkonini beruvchi YUNSITRAL Namunaviy Qonun holatidan tubdan farq qiladi. Shuning uchun hakamlik sudini tashkil etuvchi yuridik shaxs hakamlik sudyalari ro‘yxatini tuzishda unga turli mutaxassislarni kiritishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari mazkur hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan sudyalar orasidan saylanadi (tayinlanadi). Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash to‘g‘risida kelisha olmasalar (nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash to‘g‘risida o‘zlari saylangan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida kelisha olmasalar, ularni tayinlash doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining raisi tomonidan hakamlik bitimi taraflaridan birining iltimosiga binoan o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudini shakllantirishda taraflar hakamlik sudyalari ro‘yxati bilan cheklanmasdan, sudyalarni o‘z ixtiyorlariga ko‘ra tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va mazkur sudni shakllantirish xuddi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudidagi tartibda amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylanadi. Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash to‘g‘risida kelisha olmasalar (nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash to‘g‘risida o‘zlari saylangan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida kelisha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling