Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI tug‘diruvchi boshqa holatlarning mavjudligi masalan, sudyaning nizo tarafi yoki uning vakilidan mehnat, tashkiliy yoki boshqacha tobelik mavjudligini anglatadi. Hakamlik muhokamasi taraflar ishonchiga asoslanganini hisobga olgan holda sudyaning xolisligiga bo‘lgan har qanday shubha rad qilish arizasini beruvchi foydasiga hal etilishi kerak. Hakamlik sudi sudyasini rad qilish uchun yana bir muhim asos “Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonun, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi qoidalari yoki taraflar bitimi tomonidan o‘rnatilgan uning malakasiga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik hisoblanadi. Masalan, “Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunda belgilangan talablarga nisbatan ko‘pgina hakamlik sudlari tomonidan hakamlik sudyasi malakasiga qat’iyroq talablar o‘rnatilgan. Bu holatda hakamlik sudyasi malakasi hakamlik sudi Qoidalari yoki taraflar talablariga mos kelmasligi “Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 14-moddasi uchinchi qismiga binoan sudyani rad qilish uchun asos bo‘la oladi. Hakamlik muhokamasi tarafi saylangan (tayinlangan) yoki saylanishida ishtirok etgan hakamlik sudyasining rad qilinishi uchun asos bo‘luvchi holatlar rad qilinayotgan hakamlik sudyasi saylanganidan (tayinlanganidan) keyin o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina uni rad qilish haqida arz qilishlari mumkin. Hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi yozma asoslangan ariza hakamlik muhokamasining tarafi tomonidan Hakamlik sudining birinchi muhokamasigacha taqdim etilishi shart. Hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi ariza Hakamlik sudining birinchi muhokamasidan keyin taqdim etilgan holda faqat sud tarkibi tomonidan arizaning kechiktirilish sabablari uzrli deb topilsa, u ko‘rib chiqilishi mumkin. Agarda, hakamlik muhokamasi paytida hakamlik sudyasining rad qilinishi uchun asos bo‘luvchi hollatlar paydo bo‘lsa, hakamlik sudyasi bu haqda Hakamlik sudiga va hakamlik muhokamasining taraflariga xabar qilib va o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Rad qilinishi talab etilayotgan hakamlik sudyasi rad qilish haqidagi masala ko‘rib chiqilguniga qadar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli bo‘ladi. Agar rad qilinishi talab etilayotgan hakamlik sudyasi o‘zini o‘zi rad qilmasa yoki hakamlik muhokamasining boshqa tarafi hakamlik sudyasini rad qilishga rozi bo‘lmasa, hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi masala hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi boshqa hakamlik sudyalari tomonidan hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, hakamlik sudyasi rad qilingan hisoblanadi. Hakamlik sudining butun tarkibini rad qilish haqidagi masalalar shu hakamlik sudi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling