Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 4. Hakamlik sudyasini rad qilish tartibi 
Hakamlik  muhokamasi  taraflarining  muhim  huquqlaridan  biri 
hakamlik sudi sudyasini rad etish hisoblanadi.  
Sudyalarning  mustaqil  bo‘lishi  sudlov  jarayoni  oldidagi  vazifalarni 
bajarishning  muhim  shartidir.  Qonunchilikka  so‘zsiz  va  qat’iy  amal 
qilingandagina sudyalarning chinakam mustaqilligiga erishish mumkin. Bu 
esa, o‘z navbatida hakamlik sudidan har bir holatda moddiy va protsessual 
huquqning  tegishli  normalariga  aniq  amal  qilishni  talab  etadi.  Hakamlik 
sudining  sudyalari  iqtisodiy  sohada  yuz  beradigan  nizolarni  va  boshqa 
ishlarni  hal  etishda  qonunni  aniq  va  to‘g‘ri  bajarishlari,  biror  kimsaning, 
shu  jumladan  taraflarning  undovi  bilan  qaror  chiqarmasliklari  lozim. 
O‘zining xolisligi yoki mustaqilligi xususida o‘zida biror shubha tug‘ilsa, 
sudya  o‘zini  sudya  sifatida  rad  etishi  va  buning  sabablarini    ko‘rsatishi 
mumkin.  Nizo  bo‘yicha  qatnashayotgan  shaxslar  ham,  sudyaning  xolis 
emasligi  haqida  ma’lum  shubhalar  tug‘ilgan  bo‘lsa,  muhokama 
jarayonining har qanday bosqichida sudyani rad etishlari mumkin. 
“Hakamlik  sudlari  to‘g‘risidagi”  Qonunning  16-moddasiga  binoan, 
ushbu  Qonunning  14-moddasida  nazarda  tutilgan  talablarga  rioya 
etilmagan hollarda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudyasini rad 
qilish  haqida  arz  qilishlari  mumkin.  Ushbu  Qonunning  14-moddasida 
ko‘rsatilgan  hakamlik  sudyasiga  talablar  bitim  taraflari  tomonidan 
o‘rnatilgan  sudyalarning  ma’lumot  va  malakasi,  sudyalarning  taraflardan 
mustaqilligi,  nizoni  xolis  hal  etishni  ta’minlashga  qodirligi,  ishning  hal 
etilishidan  bilvosita  yoki  bevosita  manfaatdorligi  yo‘qligiga  va 
boshqalarga  daxldordir.  Bunda  nizoning  xolis  hal  etilishini  ta’minlashda 
shubha masalan, agar hakamlik sudyasi sud ishida ishtirok etayotgan shaxs 
yoki  uning  vakilining  qarindoshi  bo‘lganida  yuzaga  kelishi  mumkin. 
Qarindoshlik odatda bir shaxsning boshqa shaxsdan yoki turli shaxslarning 
umumiy  ajdoddan  hamda  nikoh  va  oila  aloqalariga  asoslangan  odamlar 
orasidagi  aloqa  sifatida  aniqlanadi.  Qarindoshlarga  farzandlar,  ota-ona, 
bolani  asrab  oluvchi,  asrab  olingan,  tug‘ishgan  aka-uka  va  opa-singil, 
buvalar,  buvilar,  nabiralar,  er  va  xotin,  amaki  va  tog‘a,  amma  va  xola, 
o‘gay  ona,  o‘gay  ota,  hamda  er  va  xotinning  qayd  etilgan  qarindoshlari 
kiradi.  Ushbu  o‘rinda  shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  qarindoshlik  fakti 
o‘z-o‘zidan rad etishga asos bo‘la olmaydi. Ushbu asos bo‘yicha rad qilish 
talabi  qarindoshlik  nizoni  xolis  tarzda  hal  etilishiga  imkon  bermasa, 
bilvosita  yoki  bevosita  manfaatdorlik  yoki  taraflardan  biriga  tobelik 
mavjudligini  aniqlangan  holda  qondirilishi  mumkin  va  qondirilishi  shart. 
Bilvosita  yoki  bevosita  manfaatdorlik  yoki  sudyaning  xolisligiga  shubha 


 
 
46 
 
 
46 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling