Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 6-BOB. HAKAMLIK MUHOKAMASI JARAYONI 1. Hakamlik jarayoni (muhokamasi) tushunchasi. Hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilash. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy. Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon etishi hamda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar berilishi kerak. Hakamlik muhokamasi, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim. Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilishi kerak. Hakamlik sudi o‘z hal qiluv qarori uchun asos qilib oladigan ekspert xulosalari hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflariga topshirilishi kerak. Hujjatlar va boshqa materiallar, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, ularning o‘zlari ko‘rsatgan, hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxsning oxirgi ma’lum bo‘lgan joylashgan eri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxsning oxirgi ma’lum bo‘lgan yashash joyi bo‘yicha topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yoxud ko‘rsatilgan hujjatlar hamda materiallar etkazib berilganligi qayd etilishini nazarda tutuvchi boshqacha usul orqali yuboriladi. Hujjatlar va boshqa materiallar ular etkazib berilgan kunda qabul qilib olingan hisoblanadi. Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda ko‘rib chiqadi. Hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etmaganlik yoki hakamlik sudi majlisining vaqti hamda joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligi, agar hujjatlar va boshqa materiallar taqdim etilmaganligining yoki hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligining sababi hakamlik sudi tomonidan uzrsiz deb topilsa, hakamlik muhokamasiga va hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling