Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Javobgarning da’voga qarshi e’tirozlar taqdim etmaganligi da’vogar talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak. Hakamlik sudi o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni, shu jumladan hakamlik bitimi yo‘qligi yoki haqiqiy emasligi sababli hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik muhokamasiga qarshi e’tiroz bildirgan hollarda nizoni ko‘rib chiqishga vakolati borligi yoxud yo‘qligi haqidagi masalani mustaqil ravishda hal etadi. Shu maqsadda shartnoma sharti tarzida rasmiylashtirilgan hakamlik bitimi shartnomaning boshqa shartlariga bog‘liq bo‘lmagan bitim sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Hakamlik sudining shartni qamrab olgan shartnomaning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi xulosasi ushbu shartning qonunga binoan haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi. Nizo hakamlik sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilguniga qadar hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni ko‘rib chiqishga vakolat yo‘qligi haqida arz qilishga haqli. Agar ko‘rib chiqilishi hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud qonunga yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq hakamlik muhokamasi predmeti bo‘la olmaydigan masala hakamlik muhokamasi davomida hakamlik muhokamasi predmetiga aylansa, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi o‘z vakolatidan chetga chiqqanligi haqida arz qilishga haqli. Hakamlik sudi hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan berilgan arizasini ko‘rib chiqishi shart. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Agar hakamlik sudi o‘z vakolati haqidagi masalani ko‘rib chiqayotganda nizoni ko‘rib chiqishga hakamlik sudida vakolat yo‘qligi to‘g‘risida ajrim chiqarsa, hakamlik sudi nizoni mazmunan ko‘rib chiqishi mumkin emas. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi, agar hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasining boshqa qoidalari qo‘llanilishi to‘g‘risida shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasini doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik muhokamasini hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Ushbu qoidalar “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Hakamlik muhokamasining hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling