Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
moddasiga ko‘ra da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik da’vo 
arizasini ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘ladi. 
 
4.  Hakamlik  sudiga  taqdim  etilgan  da’voni  ta’minlash 
choralarini ko‘rish  
 
O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 
32-moddasiga  binoan,  agar  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik 
hakamlik sudining hal qiluv qarori ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib 
bo‘lmaydigan  qilib  qo‘yishi  mumkin  bo‘lsa,  da’voni  ta’minlashga  yo‘l 
qo‘yiladi. 
Hakamlik  sudida  ko‘rib  chiqilayotgan  da’voni  ta’minlash  haqidagi 
ariza  hakamlik  muhokamasi  tarafi 
tomonidan  hakamlik  sudi  joylashgan 
erdagi  yoxud  javobgar  joylashgan 
erdagi  yoki  yashaydigan  joydagi 
yoinki 
javobgarning 
mol-mulki 
turgan 
joydagi 
vakolatli 
sudga 
beriladi. 
 
Da’voni  ta’minlash  to‘g‘risidagi  arizaga  da’voning  hakamlik  sudiga 
taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.  
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi 
arizani  vakolatli  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqish  hamda  da’voni  ta’minlash 
yoxud  uni  ta’minlashni  rad  etish  haqida  ajrim  chiqarish  O‘zbekiston 
Respublikasining  Xo‘jalik  protsessual  kodeksida  yoki  O‘zbekiston 
Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksida  belgilangan  tartibda 
amalga oshiriladi. 
Hakamlik  sudining  da’vo  talablarini  qanoatlantirishni  rad  etish 
haqidagi  hal  qiluv  qarori  da’voni  ta’minlash  choralari  vakolatli  sud 
tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. 
Amaldagi  protsessual  qonunchilikka  ko‘ra  quyidagi  da’voni 
ta’minlash choralari mavjud: 
1)  javobgarga  tegishli  bo‘lgan  mol-mulk  yoki  pul  mablag‘larini  xatlab 
qo‘yish; 
2)  javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash; 
3)  boshqa  shaxslarga  nizo  predmetiga  aloqador  bo‘lgan  muayyan 
harakatlarni qilishni taqiqlash; 
Da'voni ta'minlash choralari - bu  
agar  hakamlik  sudi  tomonidan  qabul 
qilingan  qarorning  ijrosi  qiyinlashi  yoki 
ijro  qilinishi  mumkin  bo‘lmay  qolishi 
mumkin  bo‘lgan  hollarda  vaklotli  sud 
tomonidan qabul qilinadigan choralardir. 


 
 
65 
 
 
65 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling