Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Da’vo arizasi buzilgan qonuniy hukuk va manfaatlarini tiklashni so‘rab, qonun bilan belgilangan tartibda sudga taqdim etilgan murojaat hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, da’vo arizasida o‘z huquqini himoya qilish maqsadida hakamlik sudiga murojaat qilgan manfaatdor shaxsning xohish-istagi bayon etiladi. Da’vo arizasi bu hakamlik sudining buzilgan hukukni yoki manfaatni ximoyalashga karatilgan faoliyatini boshlash uchun hukukiy vositadir. Tadbirkorlik sub’ektlari da’vo ariza bilan hakamlik sudiga murojaat qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29 moddasida nazarda tutilgan, qator talablarga rioya qilishlari shart : 1) Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan hakamlik sudiga da’vo arizasi kiritilayotgan sana. Mazkur talab, protsessual axamiyatga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan muddatlarning ko‘pchiligi da’vo arizasi takdim etilgan kundan boshlanadi yoki tugatiladi. 2) Hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi. Taraflarning manzillarini ko‘rsatish hakamlik muhokamasi davomida xujjatlar almashinuvi uchun juda muhim axamiyatga ega. 3) Da’vogarning talablari. Da’vo arizasida da’vogarning da’vo talablari aniq va ravshan ko‘rsatilishi kerak. Masalan, da’vo arizasida “shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pulni undirib berishingizni so‘rayman” deb yozish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning o‘rniga “2000 yil 3 sentyabr kunida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 2 mln so‘m asosiy qarz va 200 ming so‘m penya undirib berishingizni so‘rayman” deyilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4) Da’vogarning talablariga asos bo‘lgan holatlar. Bunda da’vogarning da’vo qo‘zg‘atishiga sabab bo‘lgan xolatlar sanab o‘tiladi. Masalan, “tuzilgan shartnoma buyicha sotuvchi (da’vogar) o‘z majburiyatlarini to‘lik va o‘z vaktida bajarganligiga qaramasdan javobgar shu paytgacha shartnoma qiymatini to‘lamasdan kelmokda”. Bundan tashqari, da’vogar da’vo arizasida o‘zining talablari qaysi qonunga va qonunchilikning qaysi hujjatlariga asoslanganligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. 5) Da’vogarning da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar. Bunga taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, bank to‘lov topshiriknomalari, schyot fakturalar va boshqalar kirishi mumkin. Masalan, javobgarga da’vo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling