Loyiha samaradorligini baxolashning sof joriy qiymati
Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari
Download 84.23 Kb.
|
LOYIHA SAMARADORLIGINI BAXOLASHNING SOF JORIY QIYMATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskontlash usuli
- Korxona faoliyati turi Foyda (kirim ) Harajatlar (chiqim)
3.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari.
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o’rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Diskontlash usuli (noan’anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag’larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so’m bir yildan keyingi bir so’mga (iste’mol qiymati bo’yicha) teng emasligi kontseptsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o’rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo’li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo’ladi.
Download 84.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling