Loyiha tadqiqot ishlari qiymatlarini aniqlash tartibi
Download 369.15 Kb.
|
Loyiha tadqiqot ishlari qiymatlarini aniqlash tartibi
3. Investitsion-qurilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish madaniyatining mavjud darajasi bozor sharoitlari va talablariga javob bermasligi qurilish ishtirokchilari oʻzaro munosabatlarining samarali mexanizmini yaqqol sekinlashtiradi. Qurilishda tashkil etishni va boshqaruvni muvofiqlashtirishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishlari lozim: tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va shakllarini, tarkibi va masshtabini oʻzgartirish; tashkil etishni va boshqaruvni oʻzgartirish; funksional boshqaruvning bir pogʻonali tuzilmasiga ega boʻlgan qurilish majmuasining kichik, oʻrta va yirik tashkilotlarini yaratish, loyihalarni boshqarish usullari va vositalariga ega boʻlgan, ixtisoslashgan firmalarning bozor infratuzilmasini rivojlantirish; loyihani amalga oshirishning 46 barcha bosqichlarida investitsion – qurilish faoliyatini boshqarishning axborot texnologiyalarini, tizimlarini va dasturiy vositalarini yaratish.
4. QM qiymatini texnik optimallashtirish IQLning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi loyihaoldi tadqiqotlar, xomaki va ishchi chizmalar, samarali texnologiyalar, materiallar, mexanizatsiyalashtirish vositalarini qoʻllashdan tortib to minimal xarajatlarni hisobga olgan holda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish sharoitlarigacha. Qurilish mahsuloti qiymatini materiallar sarfi qismida kamaytirish koʻp jihatdan loyihaviy yechimlarga va ularda innovatsiyalar, progressiv ilmiytexnik yutuqlarni qoʻllashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, resurslarni tejaydigan tizimlarni jalb qilishga, bino va inshootlar boʻyicha konstruktiv va hajmli-rejalashtirish yechimlarni optimallashtirishga bogʻliqdir. Qurilish mahsulotining iste’mol xususiyatlari oshishiga boʻlgan zamonaviy talablar yangi mahsulot yaratishni talab etadi, bu esa albatta uning narxi oshishi va birinchi navbatda ishlab chiqarish va qurilishning texnik qayta qurollash uchun xarajatlar bilan bogʻliq. Bunda rivojlangan mamlakatlarning yangi texnik yechimlarini tatbiq etish zarur.
Download 369.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling