Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Aniqladi: Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilash, umumiy mulkdan ulushni pul shaklida ajratish, umumiy egalikni tugatish va foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat etgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2010-yil 15-iyun kunidagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vogarning da’vo talablari rad etilgan. Da’vogar (F.I.O.)dan davlat foydasiga 1.891.400 so‘m miqdorida davlat boji undirilgan. Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.) tomonidan apellyatsiya shikoyati keltirilib, unda birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik ishi atroflicha va xolisona ko‘rilmaganligi, ishni ko‘rish jarayonida nizoli bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirova ko‘chasi 6-uy 6-xonadonning bahosini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish tayinlanmaganligi, uning da’vosi asossiz ravishda rad etilganligi, shunga ko‘ra, ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va uning da’vo talablarini to‘liq qanoatlantirish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilish so‘ralgan. FPKning 84-moddasiga asosan, ishni ko‘rish vaqtida kelib chiqqan fan, san’at, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasi fuqarolik ishi hujjatlari bilan tanishib, ularni to‘liq o‘rganib chiqib, mazkur fuqarolik ishini har tomonlama, atroflicha ko‘rilishini hamda ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida fuqarolik ishi yuzasidan sud qurilish-texnik ekspertizasi tayinlanishi maqsadga muvofiq degan xulosaga keladi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 84-, 93-, 237-, 238-moddalariga asosan, sudlov hay’ati
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 485
Ajrim qiladi:
Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan sud qurilish-texnik ekspertizasi tayinlansin va ekspertlar oldiga quyidagi savollar qo‘yilsin: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirova ko‘chasi 6-uy 6-xonadonning bugungi kundagi pul miqdoridagi qiymati aniqlansin. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirova ko‘chasi 6-uy 6-xonadonni 1/2 ulushining pul miqdoridagi qiymati aniqlansin. Sud qurilish-texnik ekspertizasini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga yuklatilsin. Ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 238-, 240-moddalariga asosan, jinoiy javobgarlikka tortilishlari haqida ogohlantirilsin. Mazkur fuqarolik ishi ekspertlar ixtiyoriga yuborilsin va fuqarolik ishi vaqtinchalik yuritishdan to‘xtatib turilsin. Sud qurilish-texnik ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan to‘lanadigan xarajatlar da’vogar (F.I.O.)ga yuklatilsin. Ajrimning fuqarolik ishini vaqtinchalik yuritishdan to‘xtatib turish qismidan norozi tomon 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
Hay’at a’zolari:
imzo (F.I.O.) Apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim nusxasi AJRIM 2011-yil avgust oyining 27-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida raislik etuvchi (F.I.O.), hay’at a’zolari (F.I.O.), (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 17-avgustdagi da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-7027/11-sonli fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogarlar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 486
Aniqladi: Da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar sudga javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilganlar. Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) larning javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilgan. Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyatini ko‘rish jarayonida da’vogarlar apellyatsiya instansiyasida da’vodan voz kechishlarini yozma taqdim etdilar va javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan da’vogarlarning ishga tiklanganliklari haqidagi buyruq nusxasi sudga taqdim qildilar. FPKning 330-moddasiga asosan, apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgandan keyin da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, apellyatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim. Agar ishni ko‘rish vaqtida da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va bayonnomani tegishincha da’vogar, javobgar yoki har ikki taraf imzolaydi. Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. Apellyatsiya instansiya sudi da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. Agar da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni rad qilib yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamay, ishni apellyatsiya tartibida ko‘radi. Sudlov hay’ati ish hujjatlarini o‘rganib, da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2011-yil 14-iyuldagi 161-sonli buyrug‘i bilan o‘z lavozimlariga tiklanganliklarini inobatga olib hamda da’vogarlarning da’vodan voz kechganlari sababli mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishni lozim topadi. FPKning 102-moddasiga muvofiq, ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmasligi taraflarga tushuntirib o‘tiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 100-, 330-, 342-, 343-moddasi 4-bandiga asoslanib, apellyatsiya sudlov hay’ati
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 487
Ajrim qiladi: Da’vogarlarning arz qilgan talablaridan voz kechishi qabul qilinsin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 17- avgustdagi da’vogarlar(F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-7027/11-sonli fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinsin. Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larning javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilsin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) Hay’at a’zolari:
(F.I.O.)
(F.I.O.)
Apellyatsiya instansiyasining ajrimi nusxasi
Ma’ruzachi: sudya (F.I.O.) AJRIM 2014-yil avgust oyining 21-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida raislik etuvchi (F.I.O.), hay’at a’zolari (F.I.O.), (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.) va advokat (F.I.O.) ishtirokida da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib, sudlov hay’ati
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vo arizani qanoatlantirish rad qilingan. Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.) tomonidan apellyatsiya shikoyati keltirilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish talabi qo‘yilgan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 488
Apellyatsiya instansiya sudi ish bo‘yicha ma’ruzani, prokurorning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirish haqidagi fikrini va taraflar bayonotini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish materiallari asosida ko‘rib chiqib, quyidagi to‘xtamga keladi. FPKning 332-moddasiga ko‘ra, sud ishni apellyatsiya tartibida ko‘rayotganida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Birinchi instansiya sudi tomonidan aniqlanishicha, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2010-yil 13-avgustda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganlar. O‘zaro turmushlaridan ikki nafar – 2010-yilning 16-martida tug‘ilgan (F.I.O.) va 2011-yilning 24-mayida tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor. Oiladagi kelishmovchiliklar natijasida taraflar 2014-yil mart oyidan boshlab birga yashamaydilar. O‘zbekistan Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarorining 16-bandi 2-qismida tushuntirilishicha, turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek, er-xotindan biri yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Nikohdan ajratishga asoslar bo‘lmaganda, sud da’voni rad etadi. Birinchi instansiya sudi taraflarning 2014-yil mart oyiga qadar birga yashaganlarini, munosabatlari yaxshi bo‘lganligini, oilaning barbod bo‘lganligini tasdiqlovchi holatlar mavjud emasligini, ikki nafar farzandlari borligini, oilani saqlab qolishning imkoniyati bor ekanligiga huquqiy baho bergan holda, da’vo arizani rad qilishni lozim topgan. Apellyatsiya shikoyati vajlarini muhokama qilgan sudlov hay’ati ularni asossiz deb hisoblaydi va hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishni lozim topadi. FPK 343-moddasining 1-bandiga ko‘ra, sud ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni qanoatlantirmaslikka haqli. Binobarin, FPKning 343-moddasi 1-bandini qo‘llab, sudlov hay’ati
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 489
Ajrim qiladi: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 20-iyuldagi mazkur fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) Hay’at a’zolari:
imzo (F.I.O.)
imzo (F.I.O.) Ma’ruzachi: sudya (F.I.O.)
2014-yil avgust oyining 25-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida raislik etuvchi (F.I.O.), hay’at a’zolari (F.I.O.) va (F.I.O.)lardan iborat tarkibda, (F.I.O.)ning kotibligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2014-yil 30-iyuldagi hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini va Yunusobod tuman prokurori tomonidan keltirilgan apellyatsiya protestini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar (F.I.O.) sudga javobgar (F.I.O.)ga nisbatan yong‘in oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar summalarini undirish haqidagi davo arizasi bilan murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2014-yil 30- iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vo ariza qisman qanoatlantirilgan. Javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga 4.000.000 so‘m moddiy zarar va 200.000 so‘m ma’naviy zarar undirilgan. Javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga 100.000 so‘m davlat boji undirilgan. Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) tomonidan apellyatsiya shikoyati va Yunusobod tuman prokurori tomonidan apellyatsiya protesti keltirilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish talabi qo‘yilgan. Sudlov hay’ati ish bo‘yicha ma’ruzachi, taraflarning bayonotini, prokuror yordamchisining protestni quvvatlashi haqidagi fikrini tinglab, shikoyat va protestda keltirilgan vajlarni ish materiallari asosida muhokama qilib, quyidagi to‘xtamga keladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 490
FPKning 332-moddasiga ko‘ra, sud ishni apellyatsiya tartibida ko‘rayotganida sud birinchi intsansiya sudi hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Fuqarolik ishidagi hujjatlarga qaraganda, 2010-yil 8-avgust kuni javobgar (F.I.O.)ga tegishli Yunusobod tumani Mirza Yusuf 3-tor ko‘chasi (2-proyezd Kurortnaya) 4-uyda vaqtinchalik qurilgan imoratning ichida uning farzandlari olov bilan o‘ynaganligi oqibatida yong‘in chiqqan va bu yong‘in da’vogarga tegishli Mirza Yusuf 3-tor ko‘chasi 16-uydagi imoratlarga ham o‘tgan. Yong‘inni bartaraf qilish va o‘chirish uchun yong‘in xavfsizligi xizmatidan yordam chaqirtirilgan, lekin olov tez alanga olganligi sababli uyidagi, xonalar ichidaga mol-mulklar hamda uy-joy butkul yonib ketgan. Shu munosabat bilan da’vogar (F.I.O.) sudga mazkur da’vo arizasi bilan murojat qilib, yong‘in natijasida zarar ko‘rgan turar joyni tiklash qiymati 35.042.590,20 so‘mni, 10.000.000 so‘mlik mol-mulklar qiymatini, shuningdek, ma’naviy zarar uchun 2.000.000 so‘m undirishni so‘ragan. Birinchi instansiya sudi da’vogarning turar joyi hozirda qayta qurilganligi sababli, yetkazilgan zarar summasini aniqlash uchun smeta tuzuvchi “ZAMIN QURILISH TEHNOLIGIYA” MChJning baholash vakolati yo‘qligi va natijada da’vogar tomonidan smeta taqdim qilinmaganligi va javobgarning ixtiyoriy 4.000.000 sum to‘lashga roziligi inobatga olinib, shu miqdor undirish bilan cheklanilgan. Sudlov hay’ati birinchi instansiya sudi shoshma-shosharlik bilan va ish holatlarini to‘liq o‘rganmasdan turib yakuniy xulosaga kelgan deb hisoblaydi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 985-moddasida g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik oqibatida zarar yetkazgan shaxs zararni qoplashi lozimligi qayd qilingan bo‘lsa-da, yong‘in kelib chiqishiga javobgarning farzandlari sabab bo‘lganligi va shuning natijasida zararni aynan javobgar qoplashi lozimligi aniqlanmagan. Bu o‘rinda yong‘in xavfsizligi bo‘limi vakili ishga jalb qilinib, sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlari tinglanmagan. Ushbu xodisa yuzasidan yuritilgan ish hujjatlari talab qilib olinib o‘rganilmagan, yakuniy xulosa va yong‘in borasida tuzilgan hujjatlardan kelib chiqib, ish holatiga baho berilmagan. “ZAMIN QURILISH TEHNOLIGIYA” MChJ tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga tegishli baho berilmagan. Chunki bu tashkilotning baholash vakolati yo‘q deyilgan bo‘lsa-da, bu xulosani tasdiqlovchi dalillar ishga ilova qilinmagan. Aksincha, “TO‘LIQ QURILISH SERVIS” sho‘ba korxonasining davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi ishga qo‘shilgan bo‘lib, bu korxonaning nizoga qay darajada aloqadorligi bayon qilinmagan va aniqlanmagan.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 491
Bundan tashqari, to‘plangan hujjatlar asosida qurilish yoki boshqa ekspertiza harakatlarini amalga oshirish imkoni bor-yo‘qligi aniqlanmagan va bu masala muhokama qilinmagan. Zero, FPKning 57-moddasida sud taraflarga dalillar to‘plashda yordam berishi lozimligi qayd qilingan. Javobgar (F.I.O.) fuqarolik ishi hujjatlarida mavjud bo‘lgan arizasida yetkazilgan zarar miqdorini 4.000.000 so‘m deb hisoblashini va bu miqdorni oylik ish haqidan to‘lashga roziligini bildirgan. Birinchi instansiya sudi shu arizani inobatga olib, 4.000.000 so‘m uchun undirishni lozim topgan bo‘lsada, bu summa qaysi mol-mulk uchun ekanligini aniqlamagan. Da’vogar da’vo talabida yonib ketgan mol-mulk, uy jihozlari 10.000.000 so‘mda undirib berishni so‘ragan bo‘lsa-da, birinchi instansiya sudi bu talabni muhokama qilmagan, aynan qanday mol-mulklar ekanligini, shunday mol-mulklar amalda bo‘lgan–bo‘lmaganligi va yong‘in natijasida zarar yetgan-yetmaganligini aniqlamagan, aniqlangan holatlardan kelib chiqib, ularning qiymatini aniqlashga qaratilgan choralarni ko‘rmagan, bu mol-mulklar bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilmagan. Da’vogar tomonidan sudga da’vo ariza rus tilida kiritilgan. Dastlabki sud majlislari rus tilida olib borilgan va rus tilida sirtdan hal qiluv qarori chiqarilgan. Sirtdan hal qiluv qarori bekor qilingandan keyin esa fuqarolik ishi o‘zbek tilida yuritilgan. Garchi, da’vogar vakili ishni o‘zbek tilida yuritishga qarshilik bildirmagan va sud ishni o‘zbek tilida ko‘rgan bo‘lsa-da, vakil tarjimon xizmati bilan ta’minlanmagan. Apellyatsiya shikoyatida ham, apellyatsiya protestida ham aynan ushbu holatga e’tiroz bildirilgan. FPKning 312-moddasiga ko‘ra, sudning qarorini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilishga quyidagilar asos bo‘ladi: ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi; sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi; moddiy huquq normalari yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi. Shu kodeksning 314-moddasiga ko‘ra, protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina, hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Agar ish ko‘rilayotganida ish yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa. FPKning 343-moddasini 3-bandiga ko‘ra, sud ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan FPK 314-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling